1.10-rasm. KR1810VM86 MP tizimining sxemasi.
Sakkizta 16 bitli umumiy vazifali registrlar ko’p buyruqlarda ishlatiladi.
Bu holda umumiy
belgilashli registrlarni o’ziga mos buyruq, formati joyida (yoki joylarda) joylashgan uch bitli kod
bilan kodlanadi. Ko’rib chiqilayotgan registrlarni asosiy tayinlanishi vazifalari bo’yicha AX, VX,
SX, DX registrlariga ajraladi, ular birinchi navbatda ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi, va
SP, BP, SI, DI registrlari, ular asosan adres ma’lumotini saqlaydilar. AX, VX, SX, DX registrlar
mohiyati shundaki, ular kichik baytlar AL, BL, CL, DL va katta baytlar AN, VN, SN, DH larni
alohida ishlashga imkoniyat beradi. Shu bilan bayt va so’zlarni ishlab chiqishga imkoniyat
yaratiladi va VM86
bilan
VM80 larning programmaviy birlashish sharti tug’iladi. Ushbu ikki
mikroprotsessor registrlari moslanishi 6.10-jadvalda
berilgan, bu yerda FL - F registrini
kichik
bayti. Qolgan registrlar bo’linmaydigan bo’lib, 16 bitli so’zlar bilan faqat katta yoki kichik
bayt ishlatilgan holda ham foydalaniladi. SP va VR ko’rsatkich registrlari joriy xotira segmenti
stekining ichidagi
adres siljishini saqlaydi, SI va DI indeks registrlari esa mos ravishda joriy
ma’lumotlar segmenti va qo’shimcha segmentida adres siljishini saqlaydi,
lekin operandlarni
adreslashiga ushbu registrlar ishlatilganda xotira segmenti almashishi mumkin.
Registrlarni nomlanishga mos keladigan asosiy funksiyalari 1.14-jadvalda keltirilgan.
Arifmetik logik qurulma (ALQ) 16 bitli kombinatsion summator
ga ega bo’lib,
u yordamida
arifmetik amallarni, logik amallarni bajarish uchun kombinatsion sxemalar to’plami, siljish va
o’nta amallar sxemalari, hamda operandlar va natijalarni vaqtincha saqlash registrlari bajaradi.