24
Kompozitsiya, san`atning hamma turlarini negizida mavjud: adabiyot,
teatr-kino, musiqa, tasviriy va amaliy san’at, arxitektura va hokazo. Kompozitsiya
o`quv predmet sifatida, qalamtasvir, rangtasvirdan keyin paydo bo`ldi va hozirda
kompozitsiya kursi oliy ta`lim o`quv rejalariga kiritilgan. Tasviriy san`atda
kompozitsiya qalamtasvir, soya-yorug’, rang, havo va chiziq perspektivasi kabi
tasviriy vositalar bilan yaratiladi. Kompozitsiya kursi talabalarni mustaqil ijodiy va
pedagogik faoliyatida obrazli fikr yurgazishida katta ahamiyatga egadir.
Kompozitsiya fani suhbat, ma`ruza va amaliy mashg’ulotlardan iborat.
Kompozitsiyani asosiy qonun-qoidalari, usul va vositalari, talabalar tomonidan
amaliy mashg’ulot va suhbatlar jarayonida mukammal o`rganiladi. Kompozitsiya
o`quv predmet sifatida, haykaltaroshlik, me’morchilik, grafika, qalamtasvir,
rangtasvir, san`at tarixi kabi mutaxassis fanlar bir-biri bilan uzfiy bog’likdir.
Qalamtasvir va rangtasvirda rassom bevosita kompozitsiya asoslariga
murojaat qiladi, uning qonun-qoidalarini bilmay turib kompozitsiya, qalamtasvir,
rangtasvir mohiyatini tushunib yetmaydi.