29
IPv6 protokolida paketlar marshrutizatorda fragmentlanishi va to‗planishi
mumkin emas. Jo‗natuvchi avvaldan qabul qilib oluvchigacha bo‗lgan barcha
nuqtalar qo‗llab quvvatlaydigan paketning maksimal hajmini (Maximum
Transmission Unit, MTU) aniqlab olishi kerak. MTU 576 baytdan kichikroq
bo‗lishi mumkin emas, balki shuning uchun so‗ng versiya IPv6 spesifikatsiyasida
bu
qiymat
1500
baytgacha
oshirilgan.
Fragmentatsiya
to‗g‗risida
marshrutizatorlarni ozod etilganligi ularning ishlash samarodorligini oshirish
imkonini berdi, ma‘lum bir darajada ishlashni va oxirgi tizimlar fuknsionalligini
murakablashtirdi.
IPv4 protokoli bilan taqqoslaganda paket sarlavhasi ancha soddalashtirilgan.
Barcha majburiy bo‗lmagan sarlavhalar qo‗shimcha charlovhaga o‗tkazilgan, har
bir marshrutizatorda hisoblanadigan nazorat summasi sarlavhasi yo‗q qilingan.
Ma‘lumotlarni jo‗natish oynasining minimal xajmi IPv4 protokoli bilan
taqoslaganda ―xizmat ma‘lumotlari‖/‖paket uzunligi‖ munosabati jiddiy
o‗zgarishga yuz tutmagan (IPv4 da MTU 800 va IPv6 da MTU 1500 da 14 % va
12% munosabatda). O‗zgarish paketlarni uzatish qoidalariga ta‘luqli - IPv6 da
quydagilar taqiqlangan: orqali marshrutizatorlarda fragmentlash, paketlar Hop-by-
Hop Options marshruti qo‗shimcha sarlavhasini ko‗rsatish asosida o‗tishi, ESP
sarlavhasi yordami bilan paketlarni inkapsulyatsiyalash va tunnellash qo‗shimcha
imkoniyatlarini kiritish.