Marshrutizatorlar va ularni qo‘llaniladigan o‘rniga qarab tasniflanishi




Download 12.24 Mb.
bet20/46
Sana21.04.2023
Hajmi12.24 Mb.
#53108
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov. (1)
awfdawesrbgsas vte rgt serg, xakerlar haqida, TTva TL 2-topshiriq, TOK, Документ Microsoft Word, Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, jismoniy tayyorgarlik, Web OOP, 7, Topshiroq 1 Xasanov M, 3513-Article Text-6940-1-10-20220528, test tarmoq, Karimberdiyev H.F., MobaXterm 20.0.0.101root 20230426 115834

Marshrutizatorlar va ularni qo‘llaniladigan o‘rniga qarab tasniflanishi


Marshrutizatorlar alohida tarmoqlarni, umumiy tarmoqlardan iborat tarmoqqa birlashtiradi. Har bir marshrutizator bir nechta tarmoqqa ulangan bo„lishi mumkin (3.33-rasm).



3.33-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoq.


Marshrutizatorning asosiy vazifasi – har bir port orqali qabul qilinadigan va vaqtincha saqlab turiladigan tarmoq protokollari (masalan IPX, IP, AppleTalk yoki Decnet protokollari) paketlarining sarlavhalarini o„qish va paketning tarmoq adresi, ya‟ni IP-adresi asosida, uning navbatdagi marshruti qanday bo„lishi haqida qaror qabul qilishdan iboratdir. Marshrutizatorlar qo„llaniladigan o„rniga qarab, bir nechta sinflarga bo„linadi (3.34-rasm):
1.Magistral tarmoqlarni qurish uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar. 2.Tarmoqlarning chegaralari uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar.

  1. Xududiy bo„limlar marshrutizatorlari.

  2. Uzoqlardagi ofislar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar. 5.Lokal tarmoqlar marshrutizatorlari.

Katta tarmoqlarda, ko„pincha bir nechta ierarxik sathlarda ishlovchi marshrutizatorlar qo„llaniladi. Bunda lokal kompyuter tarmoqlari stansiyalari birinchi sath marshrutizatorlariga ulangan bo„ladi. Birinchi sath marshrutizatorlari esa, ikkinchi sath marshrutizatorlariga ulanadi. Yuqori uchinchi sath marshrutizatorlari esa, faqat o„zaro bog„langan bo„ladilar.
Marshrutizatorlarning – yuqori, o‘rta (ikkinchi sath) va quyi (birinchi sath) sinflari mavjud.
Yuqori sinf marshrutizatorlari – magistral marshrutizatorlar deb ataladi (backbone routers). Bu xildagi marshrutizatorlarning unumdorligi eng yuqori bo„ladi. Ular yordamida korxonalarning magistral tarmoqlari yoki biron bir xududning global tarmog„i magistrali hosil qilinishi mumkin. Magistral marshrutizatorlar yordamida sekundiga bir necha 100 ming, xatto bir necha millionlab paketlarni ishlash amalga oshiriladi.
O„rta sinf marshrutizatorlari - deganda mintaqaviy bo„limlar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar tushuniladi. Ular yordamida mintaqaviy bo„limlarni, markaziy ya‟ni, magistral tarmoq bilan bog„lash amalga oshiriladi. Ushbu marshrutizatorlar, yuqori sinf marshrutizatorlarining nisbatan soddalashtirilgan variantlari hisoblanadi.
Quyi sinf marshrutizatorlari esa – uzoq masofalarda joylashgan offislar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlardir. Ular yordamida uncha katta bo„lmagan ofislarni korxona tarmog„i bilan ulash amalga oshiriladi. Bunday marshrutizatorlar uncha katta tezlikka ega bo„lmagan kanallar orqali ishlash uchun mo„ljallangan, jumladan ularda telefon tarmoqlari orqali ulanish portlari ham mavjud bo„ladi.

3.34-rasm. Marshrutizatorlarning qo„llanish o„rinlari va xillari.

Marshrutizatorlarni qurishda uch xil asosiy arxitekturalardan foydalanilgan:


1.Bitta protsessorli arxitektura. 2.Kuchaytirilgan bitta protsessorli arxitektura. 3.Simmetrik ko„p protsessorli arxitektura.
Bitta protsessorli arxitektura asosida qurilgan marshrutizatorlarda trafikni ishlash bosqichlari - filtrlash va paketlarni uzatish, marshrutlash jadvallarini yangilash, xizmat ko„rsatuvchi paketlarni ajratish, boshqaruvchi paketlarni shakllantirish va xokazo shu kabi vazifalarning barchasi markaziy protsessorga yuklangan bo„ladi.
Kuchaytirilgan bitta protsessorli marshrutizatorlarda esa, yuqorida sanab o„tilgan bosqichlarning ba‟zilarini bajaruvchi, qo„shimcha modullar o„rnatilgan bo„ladi.
Simmetrik ko„p protsessorli marshrutizatorlarda, paketlarni ishlash bosqichlarini bajarish uchun alohida-alohida protsessorlardan foydalanilgan.

    1. Download 12.24 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Download 12.24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marshrutizatorlar va ularni qo‘llaniladigan o‘rniga qarab tasniflanishi

Download 12.24 Mb.