98
ma’lumotlarni bir necha nimoqimlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish mumkin,
belgi yuborish manzili hisoblanadi. Nihoyat, bu nimoqimlardan har birini, o‘z
navbatida, turli ilovalar – elektron pochta, fayllarni ko‘chirish dasturi, veb-server
hosil qilgan maydaroq nimoqimlarga bo‘lish mumkin. Oqimni hosil qiladigan
ma’lumotlar turli ma’lumotlar axborot birliklari – paketlar, kadrlar yoki
yacheykalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Kommutatsiyalashda oqimning majburiy belgisi ma’lumotlarni yuborish
manzili hisoblanadi. Yuborish manziliga asoslanish orqali tranzit tugunga
kiradigan butun ma’lumotlar oqimi nimoqimlarga bo‘linadi, ulardan har biri
ma’lumotlarning harakatlanishi marshrutiga mos interfeysga uzatiladi. Manba va
yuborish manzillari mos oxirgi tugunlar juftligi uchun oqimni aniqlaydi.