14
telekommunikatsiya tizim va tarmoqlari, dunyo axborot makoniga kirish
usullari va imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda axborotlarni global
almashuvining noyob imkoniyatlarini Internet - har qanday kompyuterga yer
sharining istalgan nuqtasidan turib telekommunikatsiya tarmog‘i, aloqa va
ma’lumotlarni uzatish vositalari orqali axborotlarni almashish imkoniyatini
yaratuvchi butun dunyo tarmog‘ini beradi.
Ushbu darslik Internet tarmog‘ining tuzilish tamoyillari va xizmat turlarini
o‘z ichiga olgan bo‘lib, barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.