Kirish mavzuning dolzarbligi




Download 6.05 Mb.
bet1/24
Sana23.03.2024
Hajmi6.05 Mb.
#175416
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
osimlik yoglarining sifatini aniqlash va oshirish usullari
nulaniw temasi, nurlaniw, unit 2 - Reading, 3-lecture (2), 3-Unit, chiziqli, Algoritm, 4. БМИ5 Толибов Бекзод, 1-slayd, 4-боғча Ота-она шартномаси, 2-bildirgi, 8-mart 2024.doc11111, “ Шахс типлари Майерс Бриггс, MBTI”, 8-mart-xalqaro-xotin-qizlar-kuni
























KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganiga qisqa vaqt bo`lganiga qaramay ko`plab ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda qayta qurish jarayonida xalqimizning ma’naviy hamda madaniy faravonligini oshirish [1,2], ularni yuqori sifatli, arzon va qulay o’simlik yog’lari mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’la-to’kis qondirish maqsadida ulkan rejalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan [3]. Yog’-moy sanoati O’zbekiston oziq-ovqat sanoatida yetakchi o’rin egallaydi. Mamlakatimiz agrosanoat kompleksida integratsiya jarayonlarini takomillashtirish va chuqurlashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatayotgan ushbu tarmoq mahsulot sifatini oshirish va turlarini kengaytirish, xomashyodan to’liq hamda samarali foydalanish, aholi ehtiyoji va bandligini ta’minlash masalalarini hal etishda ham muhim o’rin tutadi. Respublikamiz yog’-moy sanoatining asosiy vazifasi xalq xo’jaligiga ekologik toza, raqobatbardosh, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifalarni bajarishda bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol, milliy qadriyat va an’analarga sodiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash katta ahamiyatga ega .
O’simlik yog’larini qabul qilishda fizik-kimyoviy nazoratlarni olib borishni va ularni sifat ko’rsatkichlarini tahlil qilish, bunda o’simlik yog’i (paxta yog’i) tarkibida oz miqdorda bo‘lsada, moyning xossalariga ta’sir etadigan fosfatidlar, sterinlar, tokoferollar moyning fizologik qiymatini oshirsada, erkin yog‘ kislotalari, gossipol va uning birikmalari moy sifatini pasaytiradi va buni aniqlash usullari izlab topish uning sifatini oshirish ya’ni erkin yog’ kislotalar sonini kamaytirish bugunning dolzarb muammolaridan biri deb xissoblasak mubolag’a bo’lmaydi [4].
Tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan 39 korxona orasida paxta va kungaboqar yog’i, margarin, mayonez, xo’jalik hamda atirsovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar ham bor. 2013 yilning birinchi choragi bo’yicha ushbu korxonalar tomonidan 64,93 ming tonnadan ziyod o’simlik moyi, 11,2 ming tonna margarin mahsuloti, 15,16 ming tonna xo’jalik sovuni ishlab chiqarildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning katta hajmi “Urganch yog’”, “Toshkent yog’-moy kombinati”, “Qarshi yog’ ekstraktsiya”, “Koson yog’ ekstraktsiya”, “Uchqo’rg’on yog’”, “Farg’ona yog’-moy” ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalar ulushiga to’g’ri kelmoqda. Ularning barchasi Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 31 oktyabrda qabul qilingan “2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq tuzilgan O’zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradi. O’zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, ilgari tarmoq korxonalari asosiy e’tiborni paxta yog’i ishlab chiqarishga qaratgan bo’lsa, bugun kungaboqar, soya, maxsar moylari ishlab chiqarish hajmini ko’paytirmoqda. Shu munosabat bilan kungaboqar va boshqa moyli o’simliklar ekin maydonlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimizning kungaboqar yetishtirish salohiyati ancha yuqori. Joriy yilda kungaboqar yetishtirish uchun 40 ming gektar yer ajratilgan bo’lib, shuning 35 ming gektari uyushma korxonalari uchun xomashyo yetkazib berishga mo’ljallangan. Iqlim sharoitlarimizga mos soya, maxsar va boshqa moyli o’simliklar yetishtirish ham istiqbolli hisoblanadi. 2013 yilda ushbu ekinlar uchun 65 ming gektar yer ajratildi. Bu borada yog’-moy korxonalari uchun 90 ming tonna xomashyo tayyorlash rejalashtirilmoqda. Ularni qayta ishlash natijasida 25 ming tonnadan ortiq kungaboqar, soya va maxsar moyi olish kutilmoqda. Shuni alohida qayd etish kerakki, joriy yilda Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida moyli ekinlardan mo’l hosil olish rejalashtirilmoqda. 2013 yilning birinchi choragi yakunlariga ko’ra, yog’-moy sanoati korxonalari 1395 fermer xo’jaligi bilan xomashyo yetkazib berish bo’yicha shartnomalar tuzgan. Bugungi kunda kungaboqar urug’ining katta qismi “Toshkent yog’-moy kombinati”, “Qoqon yog’ ekstraktsiya”, “Uchqo’rg’on yog’”, “East Oil”, “OR Golden oil” ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarda qayta ishlanmoqda. Mazali va biologik faol hamda shifobaxsh xususiyatlarga ega tarvuz, qovun, uzum, qovoq, pomidor, kunjut, rapsa, olxo’ri, o’rik, shaftoli danagi kabi noan’anaviy turdagi xomashyodan moy olish texnologiyasi ham yog’-moy sanoati korxonalari uchun muhim yo’nalish hisoblanadi [5-7].

Download 6.05 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 6.05 Mb.