-
6 -
boʼlsangiz, jarayon tushunchasidan soʼng xayolingizga allaqachon koʼplab misollar
kelayotgan boʼlishi turgan gap, hatto choy-damlash ham bir jarayon.
Shu jarayonlarning qanday bajarilishi mahsulotning sifati va tan narxiga
toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsir qiladi. Bir korxona bir xil mahsulot taklif qiladigan boshqa
korxonani aynan jarayonlari yaxshiroq boʼlsa va ularni yaxshiroq bajarsa bozorda
yuta oladi.
Jarayon quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
Qatnashchilar — inson, tashkilot yoki dasturiy tizim;
Jismoniy obʼektlar — qurilma, material, mahsulot, hujjat;
Аxborot obʼektlari — elektron hujjat yoki elektron yozuvlar.
Biznes Jarayon Ingredientlari
Bundan kelib chiqib, biz jarayonni xaridorga qiymatli boʼlgan maʼlum bir
natija beruvchi bir-biriga bogʼlangan qatnashchi va obʼektlardan
iborat hodisa,
harakat va qaror nuqtalari toʼplami sifatida tasvirlashimiz mumkin. Biznes
Jarayonlarni Boshqarish esa ishlarni bajarishni optimallashtirish maqsadida
biznes
jarayonlarni aniqlash, oʼrganish,
tahlil qilish, qayta loyihalash,
ishga tushirish va
nazorat qilishda foydalaniladigan usullar va vositalar toʼplamidir.