4
mamlakat qatoridan joy oldi. Jadal va mutanosib iqtisodiy o'sish, chuqur
tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda
faol va aniq yo'naltirilgan investitsiya siyosati yuritish eng muhim omil
hisoblanadi.
2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9
foizga o'sdi va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil
yetdi. Bunda jami kapital qo'yilmalarning 21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard
dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi."
1
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, kichik biznes sub’yektlari
faoliyatiga investitsiyalash jalb qilish amaliyotini takomillashtirish bilan bog’liq
bo’lgan muammolarning mavjudligi va ularni hal etishga qaratilgan ilmiy taklif
va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishning zarurligi ushbu bitiruv malakaviy ishi
mavzusining dolzarbligini belgilaydi.