173
Bu usulda kabellarni trosga birlashtirish uchun trosni oldin Yerga
tushirib olinishi so‘ngra unga kabellarni biriktirilishi va yana tayanchga
osib qo‘yilishi lozim. Yoki avto minoralar yordamida ham bunday
usulda optik kabellarni troslarga biriktirish mumkin.
Keyingi chulg‘amli usul
. Kabellarni trosga o‘rash maxsus o‘rovchi
texnika yordamida amalga oshiriladi. Uni Yerdan turib tros bo‘ylab
tortiladi.
Mexanizm aylanadi va ortidan optik optik kabelni trosga o‘rab
ketadi. Bu usul xozirda ko‘proq Shimoliy Amerika mamlakatlarida
qo‘llaniladi.
9.12-rasm. Optik kabellarni kuch elementiga o‘rish orqali
mustaxkamlash
O‘ramli usul ham samarali usul xisoblanadi. Ayniqsa liniyada faqat
aloqa tizimi kabellari bo‘lsa. U qo‘lda amalga oshiriladi. Shuningdek u
LESh texnologiyasi ham deyiladi.
9.13-rasm. Optik tolani tola ip bilan eshib mustaxkamlash usuli