128
almashinishini ta'minlaydi. Agar OSI o‘zaro xamkorlik modeli nuqtai
nazaridan tushuntiriladigan bo‘lsa MAC adresi
kanal satxidagi tarmoq
protokollaridan foydalanadi.
Uzatuvchi kompyuter paketni qabul qiluvchi biror kompyuterga
uzatishidan oldin albatta qabul qiluvchi kompyuterning fizik (ya'ni
MAC) adresini bilishi lozim. Lokal
tarmoqda ishlovchi har bir
kompyuter o‘zi ulangan lokal tarmoqga ulangan tarmoq qurilmalarining
fizik adreslarini ARP jadval ko‘rinishida saqlaydi zarur bo‘lganda MAC
adreslani o‘sha jadvaldan oladi. Har bir tarmoq interfeysi uchun aloxida
ARP jadqali bo‘ladi.
ARP jadvalda ikkita ustun mavjud bo‘lib ularning birinchisida IP
adreslar, ikkinchisida esa ularga mos MAC adreslar yoziladi. Agar
jadvalda biror IP ga mos MAC adres yozilmagan bo‘lsa
u xolda
tarmoqga ARP (Address Resolution Protocol) xizmat protokoli
yordamida keng tarqalishli maxsus so‘rov signali uzatiladi.
Bunga
javoban so‘rov signalidagi IP adresli tarmoq qurilmasi o‘rnatilgan
kompyuter o‘zidagi ushbu tarmoq qurilmasining MAC adresi xaqidagi
ma'lumotni jo‘natadi. Qachonki talab
qilingan MAC adres xaqida
ma'lumot olinib uni jadvalga yozilgandan keyingina paketlarni uzatilishi
amalga oshadi. Agar bu mantiqiy IP adresga mos MAC adres topilmasa,
u xolda tarmoqda bu IP adresli qurilmaga paketlar uzatilmaydi.
Kompyuterdagi Windows kamandalar qatori orqali barcha ARP
jadqallarni ko‘rish uchun komandalar qatoriga “arpa”
komandasi
kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. Shunda ARP jadvali xosil bo‘ladi.
6.5-rаsm. Windows komandalar qatorida ARP jadvalini ko`rish
129
ARP jadvalidagi qaydlar statik yoki dinamik bo‘lishi mumkin.
Dinamik qaydlar ARP protokoli yordamida amalga oshirilgan
so‘rovlardan keyin qo‘shiladi.
Jadvaldagi eski, anchadan buyon
murojaat qilinmagan adresli qaydlar asta sekin jadvaldan o‘chirilib
boriladi. Statik qaydlar administratori tomonidan "arp –s IP-adres MAC-
adres" format-dagi komanda bilan kiritiladi.
Masalan, "arp -s 158.56.85.210 00-aa-00-64-c8-09". Statik qaydlar
jadvalda doimiy turadi va qachonki ular
administrator tomonidan
o‘chirilmaguncha.
MAC adres nafaqat ma’lumotlar uzatishda muhum ahamiyatga
ega,
balki
tarmoq
foydalanuvchilarining
tarmoq
resurslaridan
foydalanishlarini nazorat qilish uchun ham qo’llaniladi. Masalan, simsiz
Wi-Fi tarmog’iga ulanishni nazoratlah maqsadida
foydalanuvchilarni
MAC adreslariga bog’liq ravishda guruhlarga ajratish va alohida
guruglar uchun alohida ulanish siyosatlarini qo’llash mumkin.