|
Karbamid eritmasidan tayyor mahsulot olish
| bet | 5/5 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 25,65 Kb. | | #99890 |
Bog'liq Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi-fayllar.orgKarbamid eritmasidan tayyor mahsulot olish
Karbamid sintezi reaktsiyasida I molь ((NH2)2CO ga 1 molь H2O, ya’ni 1 kg karbamidga 0,3 kg suv to’g’ri keladi. Bu eritmani vakuum ostida bug’latilib, deyarli suvsiz suyuqlanma hosil qilinadi.
Yig’gich 1 dagi (8 — rasm) 74-76% li eritma mexanik qo’shimchalardan tozalash uchun filьtr-press 2 va bak 3 orqali ikki bosqichli bug’latish jikozlaridan o’tadi. Biuret hosil bo’lishini kamaytirish maqsadida bug’latish jarayoni minimal xarorat va minimal vaqtda yupqa qatlamli (oqimli) bug’latish jixozlarida amalga oshiriladi. Suyuqlanma kontsentratsiyasi avval 20-40 KPa bosim va 118-125°S xaroratda 92-95% gacha, so’ngra esa 2,5-6,5 KPa bosimda va 135-140°S xaroratda 99,5-99,8% ga yetkaziladi.
Atmosferaga
8 - rasm. Donadorlangan karbamid olish sxemasi:
1 - karbamid eritmasi uchun idish (yig’gich); 2 - press-filьtr; 3,16 - baklar; 4 - birinchi bosqich bug’latish jixozining isitish kamerasi; 5 - separator; 6 - bug’langan eritma yig’gich; 7 - yuza kondensatori; 8 – tomchi tutgich; 9 - vakuum-nasos; 10 - barometrik bak; 11 - ikkinchi bosqich rotorli bug’latish jixozi; 12 — barometrik kondensator; 13 — bug’ oqimli ejektor; 14 — donadorlash minorasi; 15 — donadorlagich; 17 — ventilyator; 18 — lentali transportyor; 19 — donachalarni qaynovchi qatlamda sovuggich; 20 - elevator; 22 - chang va yirik donachalarni baki; 23 -markazdan qochma nasos.
Birinchi bosqich qizdiruvchi kamera 4 va bug’ separatori 5 dan iborat. Ikkinchi bosqich bug’latish jixozi esa 11 rotor turiga ega. Bunda vertikal bug’latish quvurida (bug’ kuylagi ichida) rotor bo’ladi. U radial joylashgan plastinkalari bo’lgan vsrtikal o’qdan iborat. Uning aylanishi natijasida bug’lanuvchi eritma yuza bo’ylab yupqa qatlam xolida taqsimlanadi.
Karbamid suyuqlanmasi bug’latish jarayonining 2-bosqichidan donadorlash minorasi 14 ustidagi idish 16 ga yuboriladi. U bug’ bilan isitib turiladi. Suyuqlanma idishdan donadorlarich 15 ga tushadi. Sochilayotgan tomchilar qarama-qarshi oqimli xavo ta’sirida donadorlanib quriydi. Donachalar 60-70°S dan 40-50°S xaroratgacha
«qaynovchi qatlam» jixozida sovutiladi. Donachalar o’lchami 1-4 mm bo’lgan mahsulot minora ichidagi yoki yonma-yon joylashgan ikki elakli elagichda ajratiladi va qoplarga joylanib omborga yuboriladi. O’lchami 1 mm dan kichik va 4 mm dan katta bo’lgan donachalar (yoki kukun) bak 22 da yig’iladi. Ularni suvda eritilib tsiklga qaytariladi.
«Stamikarbon» stripping jarayon usuli buyicha 1 t karbamid ishlab chiqarish uchun 0,58 t NH3 (100% li), 0,75 t CO2 (100% li), 4,82 GDj bug’, 65 m3 sovituvchi suv va 480 MDj elektroenergiya sarf bo’ladi.
Tayanch so’zlar va iboralar.
Mochevina (karbamid), ammoniy karbamat, parchalash, sistema, distilyayatsiya, ammoniy karbonat, biuret, to’la-suyuqlik retsikli, qolonna, stripping, donadorlangan karbamid.
Sinov savollari.
-
Karbamid olishni kim va qachon kashf qilgan?
-
Karbamid hosil bo’lishi qanday asosiy bosqichlardan iborat?
-
Karbamid olish qanday sharoitda olib boriladi?
-
Karbamidni olishni qanday usullari bor?
-
To’la suyuqlik retsiklida karbamid olish qanday bosqichlardan iborat?
-
Karbamid ishlab chiqarishda qanday jihozlar ishlatiladi?
-
Stripping jarayoni nima?
-
Karbamidni donadorlash sxemasida qanday asosiy jihozlar ishlatiladi?
Adabiyotlar
-
Технический анализ и контроль производства неорганических веществ. 2издание Под ред. Торочешкникова М. М., Высшая школа 1976 г. с. 241 – 248, 256 – 258.
-
Горошев А.П. Технический анализ, стр. 362-371, Госхимиздат,1953.
-
Шрайбан С.С Контроль производства хлора и каустика, стр. 57-66, ОНТИ,1934.
-
Ismatov A.A. va boshqalar. Noorganik materiallar kimyoviy texnologiyasi,-T:
O‘zbekiston, 2002, 336 б.
http://fayllar.org
|
| |