198
Ishlatilgan moylarni tozalashda, shuningdek, gidrodinamik va
mexanik usullar bilan kuzatiladigan yumshoq tebranishlar may-
doni ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda qattiq zarrachalarning koa-
gulatsiyasi hosil bo‘lib, ularni cho‘ktirish yoki g‘ovak to‘siqlar
orqali tozalash usuli bilan osongina ajratib olish mumkin. Moylarni
tozalashda tozalash mayinligi dag‘al tozalash (70–100 mkm), o‘r-
tacha (20–60 mkm), mayin (1–20 mkm) va ultrafiltrlardan (0,1 mkm
dan kam) tozalovchi material sifatida foydalaniladi.
Moylardan organik iflosliklarni chiqarib tashlash uchun ul-
trafiltrlash va teskari osmos hodisasi yoki membran jarayonlari
qo‘llaniladi. Membran jarayonlar yarimo‘tkazgich to‘siqlar yor-
damida bir xil moddalarning molekulalarini o‘tkazib, qolganla-
rini ushlab qolish xususiyatiga asoslangan. To‘siqlar sifatida po-
limer plyonkalar, g‘ovak shisha, zar qog‘oz va ion almashtiruvchi
moddalar ishlatiladi. Fizikaviy tozalash usullaridan tashqari fizik
kimyoviy usullari ham qo‘llanadi. Ishlatilgan moylarni adsorbsion
usulda tozalashda quyidagi sorbentlar ishlatiladi: tabiiy sorbent-
lar – oqlovchi loy, oksidlar, tabiiy seolitlar; sun’iy sorbentlar – se-
ligakel, aluminiy oksidi, alumosilikatli birikmalar, sintetik seolitlar.
Ishlatilgan moylarni tozalash uchun katta g‘ovakli seligakel KSK
donachalari (diametri 3–7 mm li) va aluminiyning aktiv oksidi (di-
ametri 3–6 mm, 10–25 mm uzunlikdagi sterjenlar shaklida hamda
dona shaklida) ishlatiladi.