JOIZLIK VA O‘TQAZISHLARNING YAGONA TIZIMI




Download 1,89 Mb.
bet3/9
Sana13.02.2024
Hajmi1,89 Mb.
#155378
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JOIZLIKLAR VA O\'TQAZISHLARNI TANLASH PRINSPI

2. JOIZLIK VA O‘TQAZISHLARNING YAGONA TIZIMI
Joizliklar va o‘tqazishlarning yagona tizimi (JO`YaT). Detallarning birikishida kerakli o'tqazishlarni olish uchun nominal o'lchamga nisbatan og'ishlar miqdorlarining har xil nisbatlaridan foydalanish kerak.
Detallar o`lchamlariga talabni me’yorlashtirishga bo`lgan yagona yondashuv masalasini yechish joizliklar va o‘tqazishlar tizimini yaratishda o‘z ifodasini topadi (O‘z RST 635-95).
Joizliklar va o`tqazishlar tizimi deb, detallar o`chamlari chekka og'ishlari va standartlashtirilgan joizliklaming qonuniyat bilan qurilgan hamda standart chekka og'ishlarga ega bo`lgan teshik va vallar bilan hosil bo‘lgan o‘tqazishlar majmuiga aytiladi.
Standart joizliklar va o‘tqazishlami qo`llash kesuvchi va o`lchash asboblarni standartlashtirishga imkoniyat tug‘diradi.
Mamlakatimizda ISO tavsiyalariga qattiq rioya qilingan holda ishlab chiqilgan silliq detallarning elementlari hamda birikmalar uchun joizliklar va 0‘tqazishlarning yagona tizimi (ЕСДП - единая система допусков и посадок) joriy etilgan (1987 y.).
JO`YaT ni joriy etilishi natijasida quyidagi imtiyozlami tug‘diradi:
-birgalikda bajarilayotgan loyiha-konstruktorlik ishlarining samaradorligi oshadi, loyihalashtirish muddati kamayadi;
-texnologik jihozlar, detallar, qismlar, mashinalar va h.k. ishlab chiqarishda xalqaro ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirishning samaradorligini oshiradi;
-boshqa davlatlarning hujjatlari asosida ishlab chiqarishni tayyorlash muddatlari qisqaradi;
-Xalqaro bozorda yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshadi;
-chetdan keltirilgan uskunalami ishlab chiqarishga joriy qilishga sarflanadigan xarajatlar kamayadi;
-tomonlar orasidagi ilmiy-texnik ayirboshlash (hujjatlarni qayta ishlashsiz ayirboshlash) samaradorligi oshadi.
Har xil materiallar va ishlov berish usullari uchun JO`YaT ni qo`llash quyidagi imtiyozlarni beradi:
-bir xil (tip) li mahsulotlar va birikmalar uchun material va ishlov berish usulidan qat‘iy nazar konstruktorlik talablarning yagona mezonlarini qo'llash;
-turli materiallardan tayyorlangan buyumlami ishlab chiqarishning turli usullari aniqligini solishtirish;
-joizliklar va 0‘tqazishlar shartli belgilanishi va texnikaviy hujjatlarni rasmiylashtirishning yagonaligi;
-texnologik uskunalaming detallari o`lchamlari va shaklini birxillashtirish (unifikatsiyalash);
-JO‘YaT ni o‘rganish va undan foydalanishning soddalashuvi.
JO‘YaT quyidagi standartlarda bayon qilingan:
-ГОСТ 25346-82 «Joizliklar va o‘tqazishlarning yagona tizimi. Umumiy qoidalar va asosiy og'ishlar qatorlari»;
-ГОСТ 25347-82 «Joizliklar va o'tqazishlarning yagona tizimi. Joizliklar maydonlari va tavsiya qilinadigan o‘tqazishlar».
-ГОСТ 25349-82 “Joizliklar va o'tqazishlarning yagona tizimi. Plastmassadan tayyorlanadigan detallar joizlik maydonlari'’.
Standartlarda 3150 mm gacha bo‘lgan o`lchamlar (diamertlar) uchun joizliklar va o'tqazishlar belgilangan. Traktor, avtomobil va boshqa mashinalar, uskunalar birikmalari diametri 500 mm dan oshmaydi. Shuning uchun 500 mm dan oshmaydigan o‘lchamlarga tegishli joizliklar va o‘tqazishlar tizimini ko‘rib chiqamiz.
Joizliklar va o tqazishlar tizimi quyidagi alomatlar bilan xarakterlanadi:
-tizim asosi;
-birikma detallari joizlik maydonlarining joylashishi;
-joizlik birligi;
-diametrlar intervali;
-joizliklar qatorlari (kvalitetlar);
-og`ishlar qatorlari;
-harorat rejimi (normal harorat).

Download 1,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



JOIZLIK VA O‘TQAZISHLARNING YAGONA TIZIMI

Download 1,89 Mb.