469
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
amaliyot bilan bog‘lagan holda
muammoning yechimi ga doir
ilmiy taklif va xulosalar bera olishi.
10. Tanlagan loyiha bo‘yicha
(taqdimot)lar tayyorlab,
chiqishlar
qila olishi.
11.Axborot kommunikatsion
texnologiyalari va xorijiy tilni
bilishi.
12.
Jismonan
sog‘lom
bo‘lishi,
sohalarda
ma’naviy-
ma’rifiy faolligi.
qabul qilishlari uchun sinovlar, testlar va attestatsiyalar
tashkil etishi.
10. Bitiruvchilarga karera yaratib berish.
11. Bitiruvchilarning
yakuniy davlat attestatsiya
sinovlarida, ochiq eshiklar kunlarida, “Bitiruvchi-2021”
tadbirlarida ishtirok etishi.
12. OTM moddiy-texnik bazasini kuchaytirishda va
takomillashtirishda hamkorlik qilishi va homiylik qilish.
13. OTM professor-o‘qituvchilari va iqtidorli
talabalarini moddiy rag‘batlantirishi.
14. Mutaxassislarni ishga qabul qilishda tanlov
shartlarini
belgilashi, e’lon qilishi va ehtiyojlarni
shakllantirishi.
OTM bitiruvchilari olgan bilimi va kasbini amaliy hayotda namoyon etishi va ishlata
olishlari uchun ish talab va ehtiyojlariga mos keladigan sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish faqat oliy
ta’lim muassasasining o‘zigagina bog‘liq emas. Omillarni majmuaviy ko‘rib chiqish, ular
o‘rtasidagi ish beruvchilarning bog‘liqligini o‘rganish hamda yaxshilash va shu kabi boshqa
yo‘llarni barcha omillardan izlash lozim bo‘ladi. Masalan, OTMda barcha sharoitlar, jumladan,
auditoriyalar
zamon talablarida jihozlangan, innovatsion texnologiyalar va AKT lardan
foydalanish uchun sharoit yaratilgan, o‘quv laboratoriyalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan
jihozlangan, auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi ta’lim uchun sharoit barpo qilingan hamda
katta adabiyot bazalarini va elektron ta’limni o‘z ichiga
olgan axborot resurslari, internet
xizmatlari yaratilsada, lekin akademik liderlar (professor-o‘qituvchilar) kasbiy tayyorgarligi,
ma’naviy-estetik dunyoqarashi talab darajasida bo‘lmasa, ta’lim sifatida yetarli natija bo‘lmaydi.
Yoki boshqa bir holatda OTM va uning rahbariyati, akademik liderlar bilan bog‘liq bo‘lgan omillar
barchasi talab darajasida bo‘lsa-yu, ta’lim oluvchi talaba faol. tirishqoq, qobiliyatli, xotirasi kuchli
va o‘quvli bo‘lmasa, ta’lim sifati kam natija beradi. Xuddi shuningdek, uchta omil OTM va uning
rahbariyati,
akademik liderlar, ta’lim oluvchi talaba talab darajasida bo‘lsa-da, bitiruvchi talabaga
ish beruvchi, mahsulotimizning xaridori bo‘lgan iste’molchilar ta’lim jarayonida chetda qolsa yoki
yetarli darajada ishtirok etmasa, ta’lim sifatiga talablarni qo‘ymasa, ta’lim jarayonida bevosita
ishtirok etib, malakaviy amaliyot,
innovatsion faoliyat, mustaqil ilmiy-tadqiqotchilik uchun
sharoit yaratmasa va ish beruvchining talabalariga ta’lim beruvchi moslasha olmasa, ta’lim sifati
yuqori bo‘lmaydi. Shu bois, yuqorida keltirilgan barcha omillar bir vaqtda va bir maromda ishlashi
ta’minlansa, kutilgan va xalqaro standartlar talablariga javob beradigan ta’lim sifatiga erishiladi.
Ushbu omillarning bir vaqtda amal qilishi orqali ta’lim sifatini yuksak darajaga ko‘tarishni,
puxta va bilimli raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashni, boshqacha qilib aytganda, ta’lim va
tarbiya tizimida tub sifat o‘zgarishlarini sodir etishini talab qiladi.
Bu yerda OTMning
imkoniyatlari cheklangan (chunki resurslar cheklangan) va bilimga bo‘lgan cheksiz ehtiyojlar
sharoitida ta’lim jarayoni va uning sifatli natijasini ta’minlash talab etiladi.