|
Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o
|
bet | 11/30 | Sana | 21.07.2021 | Hajmi | 11,3 Mb. | | #15427 |
Dasturiy ta`minot tarkibi geografik (makon bo`ylab joylashgan) axborotlarni saqlash, tahlil qilish va ko`rish uchun talab qilinuvchi funksiyalar va qurollardan tashkil topgan. Dasturiy maxsulotlarning asosiy kalit sifatidagi tarkibiy qismlari –geografik axborotlarni kiritish va ular ustida ish bajarish uchun talab qilinuvchi qurollar; ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi; makonga oid so`rovlarni ta`minlash, tahlil qilish va ko`rish qurollari; qurollardan foydalanishni osonlashtirish imkonini beruvchi grafik interfeys kabilardan tashkil topgan. Qurilmaga oid ta`minot – bu GATyuklangan kompyuterdan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda GAT markazlashtirilgan serverlardan tortib, alohida yoki o`zaro tarmoq orqali bog`langan stol kompyuterlarigacha turli xil tipdagi kompyuter platformalarida ishlay oladi.
|
| |