Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
389
sifatida qaraladi. Shuning uchun ham tarbiyachining kasbiy mativatsiyasining shakllanishida
va rivojlanishida innavatsion texnologiyalar alohida ahamiyatga ega.
Innovatsion texnologiyalar kun sayin rivojlanib borayotgan bugungi shiddatkor
zamonda yosh avlodning ma’naviy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirish borasida
samaradorlikka erishish zarurati o‘sib bormoqda. Bo‘lajak pedagog kadrlar faoliyatining
innovatsion xarakter kasb etishi ja’miyat ehtiyojiga aylandi. Yurtimizda yangi Renesans
davri poydevorini qurish oliy
maqsadimizga aylanar ekan, buning uchun avvalo kelajak davomchilari bo‘lmish
farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasining har tomonlama mukammal bo‘lishi muhim
mas’uliyatdir. Shuning uchun bolani erta yosh davridan boshlab yetuk malakali pedagoglar
tarbiyasini olishi g’oyatda zarur hisoblanadi. Bilimli va ijodkor murabbiy, albatta, bolani
ijobiy rivojlantirishda zamonaviy va
sifatli natijalarni kafolatlay oladigan innovatsion metodlarni bolalar faoliyatida
foydalanish yo‘llarini izlab topadi.
Bizga ma’lumki, innovatsiyalar uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning yetakchi
omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida bolalarning sifatli bilim olishlarini
kafolatlabgina
qolmay,
ularning
intellektual
qobiliyati, mustaqillik
tafakkurini
shakllantirishga, dunyoqarashini kengayishiga olib keladi
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kasbiy mativatsiyani rivojlantirishda innavatsion
texnologiyalar ishtiroki ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil qilish imkonini beradi.
Xususan, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi bolani yangi narsalar, hodisalar
dunyosiga jalb etishi, uni qiziqarli ishlarga jalb qilishi, faoliyat mavzusiga aylantirishi juda
qiyin. Bu borada unga kasbiy mativatsiyagina kuch bera oladi. Bu ko‘p jihatdan anʼanaviy
ravishda kelajakdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy mativatsiyasi
bu avvalambor, o‘quv faoliyatini rejalashtirish, dasturlarni amalga oshirish, texnologiyalarni
o‘zlashtirish, bolalar faoliyatini mo‘ljallangan jarayon bo‘yicha tashkil etishni o’zi ham
innavatsion texnologiyadir.