|
Islom karimov
|
bet | 13/17 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 8,88 Mb. | | #235422 |
Bog'liq БМИ Дониер (Lotincha) охиргиIshdan maqsad: Bosim datchikalarni va ularning turlarini o’rganish.Bmp180 bosim datchiki yordamida atmosfera bosmini aniqlash.
Nazariy qism: Texnologik jarayonlarni borishidagi bosim va bosim pasayishlarini manometr, vakiummetr va vakiummanometrlardan foydalanib o'lchanadi. Ular o'zlarini ishlash printsiplariga qarab suyuqlikli, deformatsion, yuk-porshenli va elektrik bo'lishi mumkin.Manometr bu absolyut bosim (Rabs) bilan barometrik bosim (Rbar) o'rtasidagi farq, ortiqcha bosim (Rort) ni Rabs ≥ Rbar bo'lgan holatni o'lchaydigan qurilma.Vakiummetr bu absolyut bosim (Rabs) bilan barometrik bosim (Rbar) o'rtasidagi farq, ortiqcha bosim (Rort) ni Rabs ≤ Rbar bo'lgan holatni o'lchaydigan qurilma.Vakiummanometr esa ikkala holatda ham bosimni o'lchashga mo'ljallangan qurilmadir.Bosim fizik kattalik bo'lib, u bir jismni ikkinchi bir jism sirtini yuza birligiga ta'sir etuvchi kuchdir. Gaz va suyuqliklar ma'lum idishlarda tutib turilganligi va harakatda bo'lganligi sababli ularni ta'sir kuchi idishni hamma qismiga bo'ladi. Bosim kattaligi gaz yoki suyuqlikni tashkil etuvchi zarralarni ichki energiyasini xarakterlaydi.
Absolyut bosim deyilganda gaz yoki suyuqlikni to'la bosim tushiniladi. Barometrik bosim esa bu atmosfera bosimidir. Suyuqlili va deformatsion bosim o'lchash vositalari asosan texnik o'lchash vositalari hisoblanib, ko'p xollarda statik protsesslarni bosimini o'lchashda foydalaniladi. Ulardan boshqa manometrlarni kalibrovkalashda namunaviy o'lchov vositasi sifatida ham qo'llaniladi. Yuk –porshenli bosim o'lchash qurilmasi asosan namunaviy o'lchash vositasi sifatida ishlatilishidan tashqari, bosimni etalloni sifatida ham qo'llaniladi. Hozirgii zamon ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarni uzliksiz nazorat qilishda va texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarida asosan elektron (elektrik) bosim datchiklaridan foydalaniladi. Ular quyidagilar:
-P'ezoelektrik;
-Tenzorezistorli;
-Sig'imlmli;
-Rezonansli;
-Induktsion;
-Ionizatsion.
P`ezoelektrik bosim datchiklari. kristallarni ma'lum uni ostida bosim berilganida karama qarshi tomonlarida zaryad to'planish hodisasiga asoslangan.
3.2 - Rasmda p'ezoelektrik bosim datchigi sxemasi keltirilgan. R bosim 1 menbrana orqali 3- kvartsga ta'sir etib, uni deformatsiyalaydi. Natijada, p`ezoelektrik fizik hodisaga asosan. Z metal qatlamlarda turlicha ishorali zaryadlar hosil bo'ladi.Xosil bo'layotgan zaryadni quyidagicha ifodalash mumkin:
Q = kF = kPS (1.3.1)
bu yerda k – p`ezoelektrik doiymisi Kl/N, R - ta'sir etuvchi bosim.
|
| |