52
nazorat namunasi orqali oʻtgan) oqimning nisbatini oʻlchash prinsipiga
asoslangan.
Yorugʻlik dastasi yoritkichdan kirish tirqishi orqali monoxromatorga
tushadi va difraksion panjara orqali spektrga yoyiladi. Chiqish tirqishidan
kyuveta boʻlimiga tushuvchi monoxromatik nurlanish oqimi navbati bilan
nazorat va oʻrganilayotgan namunalarga kiritiladi. Namuna orqali oʻtgan
nurlanish qabul qilgich-kuchaytirgich blokidagi fotoelementning katodiga
tushadi.
Fotoelement anod zanjiriga ulangan RH rezistordan oʻtuvchi elektr toki
rezistorda fotokatodga tushuvchi nurlanish oqimiga proportsional boʻlgan
kuchlanish tushishiga olib keladi.
Kuchaytirish koeffitsiyenti 1 ga yaqin boʻlgan oʻzgarmas tok
kuchaytirgichi mikroprotsessor tizimi kirishi (MTK)ga signallar uzatilishini
ta’minlaydi. Operator buyrugʻiga asosan navbati bilan oʻrganilayotgan
namuna orqali oʻtayotgan nazoratdagi namuna orqali fotoelementning xira
oqimiga proporsional boʻlgan U
T
va U kuchlanishlarni oʻlchaydi va eslab
qoladi. MTKni oʻlchagandan soʻng oʻrganilayotgan namuna oʻtkazish
koeffitsiyenti T hisoblanadi.