3-Amaliy mashg`ulot mavzusi: O‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni
tashkil etish va o'tkazishda metodika
fanining imkoniyatlari.
Ishning maqsadi: O‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o’tkazish
texnologiyasini o`rganish .
O‘quv amaliyoti oliy ta’lim dasturining ajralmas bir qismi, OTM quyi kurslarida
o‘tkaziladigan o‘quv jarayoni shakllarining bridir. U bo'lajak mutaxassisni amaliy tayyorlashda
va nazariy olgan bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
O‘quv amaliyoti uning maqsad va vazifalarini aniq ko'rsatib bergan o‘quv dasturi asosida
OTM tomonidan tashkil etiladi. Amaliyot OTM va amaliyot o‘tkaziladigan
tashkilot orasidagi
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
O‘quv amaliyotini o’tkazish tartibi OTM kafedrasi tomomdan DTS talablariga muvofiq
ishlab chiqiladi.
O‘quv amaliyot davrida talaba ljtimoiy-siyosiy, pedagogika,
ruhshunoslik va maxsus
metodikalar yuzasidan o’zlashtirgan bilimlariga muvofiq, maktabgacha ta’lim muassasalarida
ta’lim-tarbiyaviy, o‘quv ishi bilan bogiiq faoliyatida ishtirok etishi tufayli, pedagogik ko'mkma
va malakalarni egallab boradi, ayni vaqtda o‘zining pedagogik faoliyatiga bo’lgan
qiziqishi va
qay darajada loyiqligini, qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi.
O‘quv amaliyot davrida bo’lajak tarbiyachi maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim
tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o’tkazish, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularning
otaonalari bilan bola tarbiyasi muammoli masalalarni hal etish;
-
maktabgacha ta’lim muassasasi ishini har tomonlama o‘rganish va tahlil qilish;
-
turli
mazmundagi metodik
ish shakllarini kuzatish, o’rganish, tahlil qilish;
-
bolalarning mustaqil
faoliyatlarini tashkil eta olish malakalari shakllanadi.
O‘quv amaliyotining yo'nalishi va mazmuni o‘quv rejasiga muvofiq murakkablashib,
takomillashib boradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o'tkaziladigan o’quv amaliyoti - bu ta’lim- tarbiyaviy
jarayonlarni va boshqa faoliyat turlarini mustaqil tashkil eta olish, bolalar va ota-onalar bilan
ishlay olish malakalari bilan bog'liq bo‘lgan nazariy va amaliy masalalar, pedagogik bilimlarini
chuqurlashtirishga va pedagogik qobiliyatlarni yanada takomillashtirish masalalari hal etiladi.
O‘quv amaliyot davomida har bir talabada o‘zi
tanlagan kasbiga munosabati, pedagogik
faoliyatga qizqish, shu sohadagi tayyorgarlik darajasi shakllanadi.
O‘quv amaliyot - ilg'or ish tajribalarini o'rganish maskani, mahorat maktabi hisoblanadi O’quv
amaliyotining maqsadi - dastlabki kasbiy tajribalarni egallash.
Maqsadni amalga oshirish uchun qo‘yidagi vazifalar belgilab qo’yilgan:
-
maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyati, uning tuzilishi, boshqarish
tizimi va tashkiliy-
xuquqiy shakllari bilan umumiy tanishish;
-
maktabgacha ta’lim muassasasining funksiyalarini o‘rganish;
-
maktabgacha ta’lim muassasasining boshqarishga doir meyoriy-xuquqiy xujjatlarni, uning
faoliyatini tartibga solib turadigan qonuniy aktlarni o‘rganish, -tanlagan
mutaxasislgi va uning
o’ziga xos jihatlari bilan amaliy tanishuv;