523
byudjet tashkilotlari smetalarining kassa ijrosi g’aznachilik tomonidan amalga
oshirilmoqda. Bu o’z navbatida byudjet mablag’larini maqsadli sarflash va ulardan
oqilona foydalanish, ortiqcha mablag’larni band qilib qo’ymaslik, ishonchli va tezkor
axborotlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Byudjet tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar ijrosi bo’yicha
choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatiladi. Yillik pul mablag’lari
harakati
to’g’risidagi hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga va choraklik
hisobotlar esa hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga tuziladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik va choraklik pul
mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);
-
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot;
-
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi
bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
-
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
mablag’lar harakati to’g’risida hisobot;
-
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot.
Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga
oshirishda moliyaviy aktivlar, ya’ni pul mablag’lari hisobi alohida tashkil etiladi.
Moliyaviy aktivlarga hisobvaraqdagi pul mablag’lari, kassadagi pul mablag’lari, pul
xujjatlari, yo’ldagi pul jo’natmalari va moliyaviy qo’yilmalar kiradi. Byudjet
tashkilotlarida pul mablag’laridan maqsadli va byudjet
intizomiga amalga qilgan
holda foydalanishni nazorat qilish alohida axamiyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobi iqtisodiy jarayonlarni kuzatib borish, ularni tizimlashtirish
va baholash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muxim axborot manbai
hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 25 mingdan ortiq byudjet tashkilotlari
faoliyat yuritayotgan bo’lib, ushbu byudjet tashkilotlari o’z faoliyat sohalari bo’yicha
(ta’lim muassasalari,
tibbiyot muassasalari, madaniyat va sport muassasalari,
524
boshqaruv organlari, o’zini-o’zi boshqarish organlari, nazorat organlari va boshqalar)
bir-biridan farq qiladi.
Hozirgi
kunda
byudjet
tashkilotlarida
buxgalteriya
hisobi
“Byudjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma”ga asosan tashkil qilinadi
va yuritiladi. Ushbu yo’riqnoma barcha byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini
yuritishning me’yoriy asosi hisoblanib, unda keltirilgan talablar asosida buxgalteriya
hisobi yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
ushbu yo’riqnoma asosida yuritiladi.
Byudjet tashkilotlarida pul mablag’lari va hisob-kitoblarni hisobga olishning
tizimlari “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi yo’riqnomada
keltirilgan. Ushbu yo’riqnoma nafaqat pul mablag’lari va hisob-kitoblar,
tashkilotlardagi barcha mablag’lar va mablag’ manbalari hisobi tizimi bo’yicha
me’yorlarni o’zida jamlagan. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek,
turli faoliyatlarni
amalga oshiruvchi o’n mingdan ortiq byudjet tashkilotlari mavjud bo’lib, ularning
o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda byudjet tashkilotlari uchun pul
mablag’lari hisobi standartini ishlab chiqish zarur deb hisoblaymiz.
Pul mablag’lardan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilayotgan
tadbirlarda byudjet tashkilotlarining pul mablag’lari tarkibi, pul mablag’lari kirimi,
pul mablag’lari sarflanishi to’g’risida ishonchli va tezkor axborotlarga extiyoj
tug’iladi. Ushbu extiyojni talab darajasida qondirish uchun “Byudjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi yo’riqnoma asosida hisob
ishlarini yuritish talab
etiladi. Yuqoridagi byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha muomalalarni hisobda
aks ettirish “Byudjetdan tashqari mablag’larni hisobga olish” 3-son memorial
orderda amalga oshirilishi belgilangan. Tashkilotlarning byudjetdan tashqari
mablag’lari soni ko’p bo’lgani holda ularni bitta memorial orderda hisobga olish
qiyinchilik keltirib chiqaradi.
Byudjet
tashkilotlarida
pul
mablag’lari
va
hisob-kitoblar
hisobini
takomillashtirishda pul mablag’lari bo’yicha nazoratni tashkil etishning o’rni muxim
hisoblanadi. Negaki, pul mablag’lari tashkilotning joriy aktivlari
hisoblanib ularning
sarflanishi smetalar doirasida bo’lishi, xukumat tomonidan belgilangan qat’iy
525
normativlarga amalga qilish kerak. Bundan ko’rinib turibdiki, pul mablag’lari va
hisob-kitoblarni hisobda aks ettirish bilan bog’liq doimiy nazorat ishlarini tashkil
qilishni talab etadi.
Byudjet tashkilotlarida pul mablag’lari va hisob-kitoblar bilan bog’liq iqtisodiy
jarayonlarni kuzatib borish, ular to’g’risida tizimlashtirilgan axborotlarni
shakllantirishni buxgalteriya hisobi ta’minlab bersa, ularni me’yoriy hujjatlar asosida
sarflanganligini o’rganish, taxlil qilish hamda yo’l qo’yilgan
xato va kamchiliklarni
bartaraf qilishni nazorat va taftish amalga oshiradi. O’z navbatida byudjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi sohosida isloxotlarni amalga oshirish byudjet
tashkilotlarida nazorat va taftish soxasini ham parallel isloh qilib borishni talab etadi.
Byudjet tashkilotlari bir vaqtning o’zida smetalar ijrosi (xaqiqiy va kassa
xarajatlar)ni amalga oshirishni byudjet tasnifi va buxgalteriya schyotlarida parallel
hisobga olishlari kerak. Barcha tashkilotlardaham smetalar ijrosi o’z vaqtidalilik
tamoyili asosida hisobga olinmaslik hisob ishlarida
nomuvofiqliklarni keltirib
chiqaradi.