amalga oshirilayotgan innovatsiyalar qiymati hamda “inson kapitali” ning
ahamiyati o‘sib bormoqda.
Narxni teskari shakllantirish tizimi mikroprotsessorlar, telekommu-
nikatsiyalar, mikrosxemalar va boshqalarga taalluqlidir.
Telekommunikatsiya xizmatlariga narxlar yarmiga qisqaradi, tele-
kommunikatsiya quvvatlari esa har bir yarim yilda emas (masalan, kom-
pyuterlar kabi), ancha tez sur’atda ikki barobar o‘sadi.
Mikrosxemalarga narxlar pasayishi
Mur qonuniga bog‘liq, tarmoq-
larniki esa –
Dj.Gilder qonuniga.
Dj.Gilder 25 yildan so‘ng kommunikatsiya xizmatlari hajmi har yili
uch barobar o‘sishini bashorat qilgan edi.
Internet-iqtisodiyotda bitta hisob-kitob, hujjatlar nusxasining qiy-
mati muntazam pasayib, bir vaqtning o‘zida xizmatning sifati oshadi.
Xizmatning qiymati pasayishi egri chizig‘i nolga intiladi, lekin hech un-
ga yetmaydi. Bunday sharoitda Internet-kompaniyaning Tarmoqda ya-
shay olishi muammoga aylanadi. Buning echimi ma’lum. Agarda har
qanday xizmatning qiymati nolga intilsa, demak, taqdim etiladigan yangi
xizmatlar ro‘yxatini jiddiy kengaytirish zarur. Bunda mijozlarga ko‘r-
satilgan xizmatlarni ularning narxiga ko‘paytmasi yetarli darajada katta
bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Tadbirkorlarning bunday harakati faqatgina In-
ternet-iqtisodiyotda kuzatilishi mumkin. Tarmoq mijozlarga kerak bo‘l-
gan turli ma’lumotni bir zumda yetkazish imkoniyatini, yangi tugunlar
va xizmatlar sonining beto‘xtov o‘sishini ta’minlaydi.