|
YaIN – yalpi investitsiya normasi
YaIS
|
bet | 81/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgYaIN – yalpi investitsiya normasi
YaIS – yalpi investitsiya summasi
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan chet ellik tashkilotlar vakolatxonalarining biznesga texnikaviy yordam berish va qo‘llab-quvvatlash salohiyatidan to‘liqroq foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Statistik usul yordamida loyiha sifatini, olingan investitsiyaning qaytarish muddatini baholash mumkin. Investitsiyani o‘rtacha qoplash muddatini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Bu yerda:
C0 – boshlang‘ich korxonaga berilgan investitsiya miqdori,
C1 – yillik o‘rtacha muomilada bo‘lgan pul miqdori.
Kiritilgan investitsiyalardan qilingan harajat bilan, undan kelgan daromad vaqtga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi. Qilingan harajat bilan daromadni investitsiya kiritilgan yillar bo‘yicha, investitsiya foizini e’tiboga olgan holda, taqqoslab borishga usuli dinamik usul deyiladi.
Har qanday investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholash mazmunini juda sodda savolga, ya’ni kelgusidagi pul tushumlari hozirgi qilingan harajatlarni qoplaydimi yoki yo‘qmi degan savolga javob topish tashkil etadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda investitsiyalarni baholashning turli loyihalarga qo‘yilgan mablag‘larning foydaliligini taqqoslashga asoslangan usullari ko‘p qo‘llaniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, investitsiya loyihalari samaradorligini baholash uslublari deganda harajatlarning foydaliligi va qoplanishi nuqtai nazaridan turli ob’ektlarga (loyihalarga, tadbirlarga) investitsiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlash usullari tushuniladi. Investitsiyalar samaradorligini aniqlashda, ularning ayrim jihatlarinigina harakterlaydigan alohida ko‘rsatkichlardan foydalanish yetarli bo‘lmaydi. Shu sababli investitsiya loyihalari samaradorligini baholash uchun bir necha uslublar va ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Investitsiya loyihalarini baholashda besh asosiy uslubdan keng foydalaniladi. O‘z navbatida bu uslublarni ikki guruhga aratish mumkin:
|
| |