- rasm 2019 yil yanvar-mart oylarida YAIM ning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi (jamiga nisbatan % da)




Download 3,07 Mb.
bet49/147
Sana12.02.2024
Hajmi3,07 Mb.
#155232
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147
Bog'liq
Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

7.1 - rasm
2019 yil yanvar-mart oylarida YAIM ning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi (jamiga nisbatan % da)

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Darhaqiqat, real sektor korxonalari mamlakatda oziq-ovqat, yengil va og‘ir sanoat, metallurgiya sanoati, avtomobilsozlik sanoati, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, agrosanoat, elektr-energiya sanoati, to‘qimachilik sanoati, neft va gaz sanoati va boshqa sanoat tarmoqlarini qamrab olgan holda o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Shu jihatdan, “real sektor” tushunchasiga nazariy jihatdan ta’rif beradigan bo‘lsak, real sektor – haqiqatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish tarmoqlari va unga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarni o‘z ichiga qamrab olgan tarmoq va sohalardir.

Yirik korxonalarda ishlab chiqiladigan mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni, texnologik jarayonlarni hamda xom ashyo va materiallarni sarflash normalarini ratsionlashtirish, shuningdek, yo‘qotishlar va behuda harajatlarni bartaraf etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxining o‘rtacha 10,1 foizga kamayishiga erishildi va umuman real sektorda sanoat korxonalari bo‘yicha mehnat unumdorligining 6,5 foizga oshganligi ta’minlandi.


Real sektorda muhim yuqori texnologik va zamonaviy ob’ektlar hamda quvvatlar ishga tushirildi. 2019 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 29885,1 mlrd. so‘mlik, (dollar ekvivalentida 3,6 mlrd.AQSH doll.) yoki 2018 yilga nisbatan 129,9 foizga asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. YAIM ga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalar – 32,8 foizni tashkil etib, 2018 yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga nisbatan 4,4 foiz punktga o‘sish. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kommersiya banklari tomonidan 2,1 trln. so‘mdan ko‘p bo‘lgan hajmda kredit berildi, tashabbuskorlarning 4,4 trln. so‘mlik xususiy vositalari investitsiya qilindi hamda xorijiy investorlarning 346,2 ming dollarlik vositalari o‘zlashtirildi. Qurilish materiallari sanoati (1,8 ming loyiha), oziq-ovqat sanoati (1,7 ming loyiha), yengil va to‘qimachilik sanoati (1,3 ming loyiha) va boshqalar bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi.
Ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, real sektor tarmoqlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishida hamda aholining turli ehtiyojlarini ta’minlashda asosiy o‘rinlardan biri sifatida e’tirof etish mumkin.
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish – bu milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy o‘sishga yo‘l beruvchi va nihoyat, aholi farovonligini muttasil oshib borishini ta’minlovchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishdir. Chunki tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishning eng asosiy shartlaridan biridir. Tarkibiy o‘zgartirishlar uzluksiz yuz beradi, ularni rag‘batlantirish iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Hozirgi davr yangi texnologiya asri sifatida yangi tarkibiy o‘zgartirishlarni yuzaga keltiradi.
Shu bois tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash islohotlarni chuqurlashtirishning muhim jihati deb baholash zarur. Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish butun milliy iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish davlatning ko‘magida rivoj topadi. Chunki, bu tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina rivojlantirish mumkin. Shuning uchun yirik tarmoqlarga investitsiyalarni davlat yo‘naltiradi va shu boisdan tarmoqlar boshqalarga nisbatan jadal o‘sib boradi. Muhim tomoni shundaki, iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy shartidir.
Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish boshqa sohalarning ham o‘sishiga olib keladi. Masalan, neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi neft-gaz sohasining rivojlanishi bilan birgalikda, kimyo sanoati tarmoqlarining ham rivojlanishiga zamin yaratiladi. Bu nafaqat energiya manbalarini eksport qilish imkonini beradi, balki turli kimyoviy xomashyo moddalari va tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishga imkon yaratadi. Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish mamlakat eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Tarmoqlar rivojida yangi davr boshlanadiki, bu soha korxonalari ham bozor mexanizmi asosida rivojlanadi, o‘z-o‘zini moliyalashtirish qoidasi amal qiladi, chunki iqtisodiyotni erkinlashtirish yo‘liga aytilgan tarmoqlar ham tortiladi.
Real sektordagi iqtisodiy vaziyatni baholash integrallashgan hisobkitoblar asosida quyidagi 3 ta yo‘nalishni qamrab oladi:
1)Rivojlanish istiqbollari;
2)Faoliyat samaradorligi;
3)Investitsion xatarlar.
Real sektor rivojiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, pul-kredit tizimi holati, soliq-budjet tizimi, davlatning investitsion siyosati, mamlakatning to‘lov qobiliyati holati ta’sir qiladi. Real sektor rivojini, natijada iqtisodiy o‘sishni moddiy ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilashga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar miqdori hamda innovatsiyalar ta’minlaydi. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida real sektorga mamlakatning moliyaviy sektori holati ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, foiz stavkalari darajasi, fond birjalari, sug‘urta tizimi va boshqalar.

Download 3,07 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147




Download 3,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm 2019 yil yanvar-mart oylarida YAIM ning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi (jamiga nisbatan % da)

Download 3,07 Mb.