0 ‘quvchilar birm a-bir nom aytishadi va tanlab olinadi. Ma-
salan, «Ona zamin — boyligimiz».
— M ana, nom ni ham tanlab oldik. Endi sizlar bilan birga-
likda kitobimizda berilgan m atnni o ‘qib kuzatamiz. 0 ‘qituvchi
m atnni ifodali o ’qib beradi va har bir o ‘quvchiga birm a-bir o ‘qitib
chiqadi:
«Tabiatning ajoyib tuhfasi ona-Yerimizdir. Yer jamiki boy-
liklarning, n e’matlarning onasi hisoblanadi.
Tabiatni sevish, uni
asrashi, yon-atrofni ko‘kalamzorlashtirish, bog‘-rog‘larga aylan-
tirish ham ona-Yerni sevish demakdir.
N im a uchun ona-Y er deymiz? Shuning uchunki, dunyoga
keliboq, uning nafasi bilan nafas olasiz. Birinchi qadamni uning
bag‘rida qo'yasiz.
U sizni kiyintiradi, to ‘ydiradi, ardoqlaydi... Ona
qo‘ynida qanday yayrab-yashnasangiz, zamin taftida ham o ‘shan-
day unib-o‘sasiz, voyaga yetasiz. Onangiz sut, otangiz tuz bersa,
ona-Y er non beradi, obi-hayot beradi... Shuning uchun ham u
eng m o‘tabar inson — Ona nomi bilan bog‘lab aytiladi».
Keyin o ‘quvchilarga matn yuzasidan
savollar berib faollash-
tiriladi:
1. Qani, menga kim aytadi, tabiatni sevish deganda nimani
tushunasiz?
2. Yerimiz biz uchun qanday ahamiyatga ega?
3. Nima uchun biz yerni onaga qiyosladik?
4. Bugungi dars sizga yoqdimi? Nima uchun?
5. O bqigan matningiz nima haqida ekan?
6. N im a uchun ona-Yer deymiz?
7 . Ona-Yer haqida nimalarni bilib oldingiz?
8. Biz nima uchun tabiatni sevishimiz kerak?
9. Tabiatga oqilona m unosabatda bo ‘lmasak, qanday oqibat-
larga olib keladi?
10. Darsdan qanday xulosa yasash mumkin?
Izoh:
o ‘quvchilar savolga javob berish paytida qiynalishsa,
o ‘qituvchi yo'nalishni
savol yoki maslahat, qo‘shimcha m a’lu-
m otlar (qushlarga g‘am xo‘rlik, hasharotlarni nobud qilmaslik,
o ‘simliklarni asrash, atrof-m uhitning ozodaligini saqlash) b e
rish orqali amalga oshirishi mumkin.
Savollarga o ‘quvchilar qo‘l ko‘tarib, birm a-bir javob berishadi.
H ar bir o ‘quvchi javobi inobatga olinishi shart. Dars yakunida
o ‘qituvchi barcha javoblarni umumlashtirib xulosa qiladi.
158
— M ana ko‘rdingizmi, biz barcham iz Ona tabiatni sevishi-
miz, uni asrab-avaylashimiz lozim ekan. Chunki yerimiz bizni
boqadi,
turli boyliklar, yer osti va yer usti boyliklari bilan ta ’min-
laydi. Biz esa ana shu boyliklardan oqilona foydalanib, hayot
kechirishimiz lozim. Yerni ifloslantirmasligimiz, supurib, ekin
ekishimiz lozim.
Barchangizga m a’lumki, ona so‘zi juda m uqaddasdir, shu-
ning uchun barcha muqaddas narsalar onaga qiyoslanadi. Ma-
salan,
ona-Vatan, ona tilimiz, ona zamin va h.k.
Ona zaminimiz ham ona tilimiz, ona-Vatanimiz kabi muqaddasdir.
Yerimiz bizga berayotgan noz-ne’matlari, boyliklari behisob
emas, biz ulami hisoblab, o ‘lchab, tejab foydalanishimiz kerak.
Bunda bizlarga matematikadan olgan bilimlarimiz yordam beradi.
0 ‘qituvchi o ‘quvchilaming faolligiga qarab, reyting tizimi aso-
sida baholaydi.