CMYK (Cyan, Magenta, Yellow,
Black
) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko‘rsatiladi. CMYK rang
moduli subtraktiv modulga tegishli bo‘lib, u nashrni chop etishga tayyorlashda
qo‘llaniladi.
CMYK
rang komponentlari sifatida, asosan oq rangdan ayirish
natijasida hosil bo‘lgan quyidagi ranglar xizmat qiladi:
•
havorang (cyan) = oq - qizil = yashil + ko‘k;
•
to‘q qizil {magenta) = oq - yashil = qizil+ko‘k;
•
sariq (yellow) = oq - ko‘k = qizil+yashil.
Bu metod original tasvirni chop etishda ranglarning tabiiy qabul qilinishiga
mos keladi. Havorang, to‘q qizil va sariq ranglar qo‘shimcha hisoblanadi, chunki ular
asosiy ranglarni to‘ldiradi. Amalda qo‘shimcha ranglarni bir-biriga qo‘shgan bilan
qora rangni bermaydi. Shuning uchun rangli modulga yana bir komponent - qora
rang kiritilgan. Natijada rangli modul abbreviaturasida to‘rtinchi harf paydo bo‘ldi:
CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black). Kompyuter tasvirini poligrafik uskunada
chop etish uchun ranglarni CMYK moduli komponentlariga mos keluvchi
tarkiblarga ajratish kerak. Bu jarayon ranglarni ajratish deyiladi. Oqibatda har bir
komponentning original to‘rtta tasviri hosil qilinadi.
5-rasm. CMYR ranglari.
PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushunarli
bo‘lgan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri
HSB
deb ataladi.
37
6-rasm. HSB ranglari.
Bu nom ingliz tilidagi
Hue
(Rang turi),
Saturation
(Rang to‘yinganligi)
Brightness
(Rang yorqinligi) so‘zlaridan olingan. HSB rang moduli insonning
ranglarni maksimal qabul qilish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
U rassom A.N.Mansellning ranglar aylanasi asosida yaratilgan. Bu tizimda ranglar
palitrasi doira shaklida qurilgan bo‘lib, har bir rangga uchta parametr mos keladi.
Bu parametrlarning birinchisi kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Asosiy
ranglar doira chegarasi bo‘lgan aylanada joylashgan. Ularni tanlash uchun
aylanadagi nuqtaga mos keladigan markaziy burchak (0 dan 360 gradusgacha
bo‘lgan qiymatni qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120°R ga yashil, 240°
ga ko‘k rang mos keladi. Ikkilamchi ranglar: sariq (60°), havorang(120°) va pushti
(240°) lar asosiy ranglar orasida joylashgan. Bu ranglar bir-biri bilan qo‘shilib, yangi
ranglar paydo bo‘ladi.
Masalan, ko‘k rang (240°) bilan pushti rang (300°) orasida siyohrang (270°)
joylashgan. Bdrinchi parametr rangning to‘yinganligini bildiradi. Bu parametr 0 dan
100 gacha bo‘lgan qiymatni qabul qiladi. Bu parametming qiymati kamaygani sari
rangning to‘yinganligi ham kamayib boradi va 0 ga teng bo‘lganda bu rang oq
rangga aylanib qoladi. Bu parametrga mos keladigan ranglar tanlangan burchakning
radiusi bo‘yicha joylashgan bo‘ladi. Bu radius bo‘ylab harakatlanganda doira
chegarasi, ya’ni aylanada tanlangan rang to‘yinganligi kamayib borib oq rangga
aylanadi. Rangning uchinchi parametri tanlangan rangning yorqinligini bildiradi va
0 dan 100 gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul qiladi. Masalan, oq rang
tanlanganbo‘lsin. Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo‘lsa, u oqligicha qoladi.
Yorqinlik 0 ga teng qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng
bo‘lsa, kulrang, 25 ga teng bo‘lsa, to‘q kul rang, 75 ga teng bo‘lsa, och kul rangga
aylanadi. Bu tizimning yaxshi tomoni unda bir-birini to‘ldiruvchi va bir-biriga yaqin
bo‘lgan ranglar yaqqol ko‘rinib turadi. Bir-birini to‘ldiruvchi ranglar deb doiraning
bitta diametrida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ranglarga aytiladi. Masalan,
qizil va havo rang; va ko‘k; yashil va pushti ranglar; shuningdek, oq va qora ranglar
bir- birini to‘ldiruvchi ranglar hisoblanadi. To‘ldiruvchi ranglardan biri fon uchun
38
olinsa, ikkinchisi chiziqlar chizish, matn yozish uchun ishlatiladi. Bunda chiziq va
yozuvlar fonda yaqqol ko‘rinib turadi. Matnning biron qismini ajratish uchun
matnning asosiy rangiga yaqinroq rang tanlanadi. Ranglar ikki turga ajratiladi.
Ulardan birinchi iliq ranglar, ikkinchisi esa sovuq ranglar deb ataladi. Iliq anglarga
tarkibida qizil va sariq ranglar ko‘proq bo‘lgan ranglar, sovuq ranglarga tarkibida
ko‘k va siyoh ranglar ko‘proq bo‘lgan ranglar kiradi. Ayniqsa, ularga qora va kul
ranglar aralashsa, ular yanada sovuqlashadi.
7-rasm. Iliq va sovuq ranglar.
Iliq va sovuq ranglar orasidagi yashil va binafsha ranglar neytral ranglar
hisoblanadi. Iliq ranglar odamning kayfiyatini ko‘taradi. Sovuq ranglar esa ruhiyatga
yomon ta’sir qiladi. Dizayn bilan jiddiy shug‘ullanishni istaganlar iliq, sovuq,
neytral ranglarni va ular bilan ishlashni yaxshi bilib olishlari kerak.
CIE Lab
rang moduli. 1920-yilda
CIE Lab
{
Communication Internationale
de FEclairage
- xalqaro komissiya, L,a,b - bu sistemada koordinata o‘qlarining
ifodalanishi} rang fazoviy moduli ishlab chiqildi. Sistema apparatga bog‘liq
bo‘lmaganligi uchun ko‘p hollarda qurilmalar orasida ma’lumotni o‘tkazish uchun
qo‘llaniladi.
CIE Lab
modulida ixtiyoriy rang quyidagicha aniqlanadi; yorug‘lik (
L
)
va uning xromatik komponentlari:
a
-parametri yashil rangdan qizil ranggacha
o‘zgarish diapazonini,
b
-parametri ko‘k rangdan sariq ranggacha o‘zgarish
diapazonini tashkil qiladi.
39
8-rasm. CIE Lab ranglar.
CIE Lab
modulida ranglarni qamrab olish imkoniyati texnik qurilmalar
(monitor, printer) imkoniyatlaridan yuqori bo‘lganligi sababli tasvirni chiqarishdan
oldin uni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu modul rangli fotokimyoviy va poligrafik
jarayonlarni bir-biriga bog‘lash uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu modul
Adobe Photoshop dasturida standart sifatida qabul qilingan.
|