Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «amaliy matematika va axborot texnologiyalari»




Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/56
Sana27.09.2024
Hajmi1,03 Mb.
#272734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Zamonaviy das. tex. Lab. ish. toplami

 
Muallif
 
 
 
 
 
 
 



 
KIRISH 
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, uning mazmunini 
yangilash, o’qituvchining kasbiy bilim va tayyorgarligini oshirish, o’quvchilarning 
shaxsiy tajribalarini boyitish, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash sohasida keng ko’lamli 
izlanishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari 
izlanmoqda. Bularning barchasi zamonaviy maktab ta’limining umumiy yo’nalishini 
belgilash, dunyo miqyosida uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillarga keng yo’l 
ochish imkonini beradi. Buning uchun, avvalo, uzliksiz ta’lim tizimining barcha shakldagi 
ta’lim muassalarida ta’lim jarayoni sifatida ta’minlovchi ilg‘or ilmiy-metodik jihatdan 
asoslangan zamonaviy o’qitish texnologiyalarni amalda oshirish lozim. 
Insoniyat tarixining ko‘p asrlik tajribasi ezgu go‘yalardan va sog‘lom mafkura hamda 
zamonaviy bilimlardan maxrum har qanday jamiyat uzoqqa bora olmasligini ko‘rsatdi.
Shuning uchun, mustaqillik- ka erishgan mamlakatimiz o‘z oldiga ozod va obod vatan, 
demokratik jamiyat barpo qilish, erkin va farovon hayot qurish, rivojlangan mamlakatlar 
qatoridan o‘rin olish kabi muhim vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni hal qilish asosan yosh 
avlod zimmasiga tushadi. Demak, yoshlardan zamonaviy komputerlar bilan ishlashni 
o‘rganish, xalq xo‘jaliginining turli masalalarini yechishga mo‘ljallangan dasturiy 
ta’minot bilan tanishish hamda dasturlash vositalari yordamida hali komputerda 
yechilmagan masalalar uchun yangi dasturlar yaratishni talab qilinadi. 
Darvoqi, har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy 
zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi 
kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim 
tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or 
pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar 
tayyorlashning asosi yaratildi. 
Oliy o’quv yurtlarida talabalarni mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga
bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo’llash malakalarini shakllantirishga 
qaratish o’qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash lozimligini ko’rsatdiki, 



ular talabalarga nafaqat tayyor bilimlarni o’zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli 
manbalardan mustaqil egallashlari, o’zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni 
asoslashi va erishilgan bilimlarni yangi bilimlar olishlarida foydalanish malakalariga ega 
bo’lishlarini taqoza etadi. Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda 
o’qituvchi va talabalarga davlat tilida kerakli o’quv adabiyotlarini yetkazish alohida 
ahamiyatga ega. 
Ushbu uslubiy qo’llanma “Zamonaviy dasturlash texnologiyalari” fani bo’yicha 
matematika va informatika ta’lim yo’nalishlarida bilim olayotgan talabalar uchun 
mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy maqsadi algoritmlash va dasturlash tillari asosida 
matematik masalalarni yechish imkoniyatlaridan xabardor qilib, kompyuter bilan muloqot 
o’rnatish usullarini o’rgatish va unda turli masalalarni yecha olish bilim va malakalarini 
shakllantirishdan iboratdir. 

Download 1,03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «amaliy matematika va axborot texnologiyalari»

Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish