Ingliz tili fani o’qituvchisi Anvarova Shohistaning 23 yanvar kuni 4 a sinfda na’munaviy ochiq darsi bo’lib o’tdi.
Darsga maktab direktori Z. Axmanov, metod birlashma raisi K. Shagilbayev, 4 a sinf rahbari I. Yo’ldasheva va qoraqalpoq tili fani o’qituvchisi D. Aytmuratovalar qatnashdi.
Darsdan keyin Sh. Anvarovaning dars tahlili o’tkazilib, darsda erishilgan yutuqlar va kamchiliklar aytib o’tildi. Kelgusida darslarni yana ham takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish tavsiya qilindi.
Ingliz tili fani o’qituvchisi Aminboyeva Sadoqatning 23 yanvar kuni 3 b sinfda na’munaviy ochiq darsi bo’lib o’tdi.
Darsga maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari R. Alimov, metod birlashma raisi K. Shagilbayev, ingliz tili o’qituvchisi M. Qilichevalar qatnashdi.
Darsdan keyin direktor o’rinbosari huzurida S. Aminboyevaning dars tahlili o’tkazilib unga kerakli maslahatlar berildi, kelgusida ko’piroq zamonaviy metodlarni qo’llab dars o’tish tavsiya qilindi.
|