5
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahonda kasbiy tayyorlash
jarayonida talabalarning kreativligini rivojlantirishning
innovatsion texnologiyalari
ta’lim jarayoniga tatbiq etilmoqda. Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro ta’lim
forumida 2030-yilgacha qabul qilingan «Incheon declaration» da “Ta’lim–
taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlarga
yetkazuvchi muhim faoliyat”
1
sifatida e’tirof qilingan. Kreativ yondashuv asosida
raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash, o‘qitishning variativ shakllarini ishlab chiqish,
kasbiy tayyorlash jarayonida talabalarning kreativ qobiliyatlarini
rivojlantirish
masalalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida oliy ta’lim
talabalarning kreativ
qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonlarini modellashtirish, loyihalashtirish asosida
kasbiy sifatlarni va kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha
ilmiy-tadqiqotlar olib
borilmoqda. Talabalar kreativligining rivojlanganlik darajasi diagnostikasini amalga
oshirish, talabalarni ijodiy faollashtirish asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu
bilan birga kasbiy bilim va
malakalarni o‘zlashtirish, shakllangan malakalarni ishlab chiqarishga ijodiy tadbiq
etish, talabalarning individual rivojlanish traektoriyalari asosida kreativ ta’limiy
faoliyatini va ijodiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlarga alohida e’tibor
berilmoqda.
Respublikamizda so‘nggi yillarda talabalarning kreativligini rivojlantirish ta’lim
jarayonini innovatsion axborot texnologiyalari vositasida tashkil etish, xorijiy tajribalar
asosida kadrlar tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya
sifati va
samaradorligini ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi asosida
rivojlantirish, jahon sivilizatsiya yutuqlaridan ijodiy foydalanish, o‘qitish
jarayoniga
kreativ ta’lim texnologiyalarini tatbiq etishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda.
Jamiyatni taraqqiyotning navbatdagi bosqichiga olib chiqish maqsadida ta’lim tizimida
“oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini yanada
oshirish, o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib
chiqib, amalda joriy etish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
2
” ustuvor
vazifalar etib belgilandi. Natijada, sohalar uchun zarur
yetakchi kadrlar tayyorlash,
xususan, oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirishning
pedagogik imkoniyatlari kengayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 —
2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”
PF-60-son, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-son, 2019-yil 8-oktyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-son, 2020-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-
1
Incheon Declaration / Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for
all. –p.4-5. http://unesdoc.unesco.org/images/0023/002338/233813m.pdf.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.
6
fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-6097-son,
2020-yil 2-mart PF-5953-son “2017–2021 yillarda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2018-yil 5-
iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 son, 2020-yil 27-fevraldagi
“Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4623-
son, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son “Oliy ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu
dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.