2.2.Shahsiy va umimiy gigiena.
Gigiena — sog‘lom turmush tarzining asosi. Jamoat gigienasining har qanday
yutuqlari ham shahsiy gigiena asoslarini mensimaydigan, normal mehnat qilish, dam olish,
uxlash rejimiga amal qilmaydigan, pala-partish ovqatlanadigan, sof havoda kam
bo‘ladigan, badan terisi tozaligiga, kiyim-boshga, chiniqtiruvchi tadbirlarga, jismoniy
25
tarbiyaga ahamiyat bermaydigan, chekish va ichkilikka ruju qo‘ygan kishining sihat-
salomatligini saqlab qola olmaydi. Turmushning gigienik sharoitlariga e’tibor qilmaslik
odam sog‘lig‘iga kundan-kunga putur etishi va uning ish qobiliyati pasayishiga olib keladi.
Atoqli fiziolog I.P.Pavlov hozirgi zamon kishisi 100 yildan kam umr ko‘rmasligi
kerak, bordiyu, bu hol kuzatilmayotgan ekan, bunga asosan noto‘g‘ri turmush tarzi sabab
bo‘ladi, deb bejiz aytmagan.
Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish
zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning
uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish
kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shahsiy
gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanish davri sharoit-larida shaxsiy
gigiena, sog‘liqni mustahkamlash va keng tarqalgan (yurak), qon-tomir kasalliklari, asab-
psixik, yuqumli va boshqa kasalliklarning oldini olishning qudratli omili bo‘lib qoldi. U
gipodinamiya va asab-psixik zo‘riqishga qarshi samarali kurashish, shuningdek, ilmiy-
texnika taraqqiyoti jarayonida yuzaga keladigan tashqi muhit omillari va sharoitlariga
nisbatan organizmning qayta tiklanish imkoniyatlarini oshirishga imkon beradi. Shahsiy
gigiena tushunchasiga kiradigan masalalar doirasi g‘oyat keng. Mehnat, ovqatlanish, turar
joyini toza tutish va boshqalarda shahsiy gigiena masalalariga amal qilish shular
jumlasidandir.
Shuningdek:
Badan terisi va og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish.
Chiniqish va jismoniy tarbiya.
Kundalik rejimning gigienik asoslari.
Kiyim-bosh gigienasi ham shaxsiy gigienaning asosiy mezonlari hisoblanadi.
Mazkur metodik tavsiyaning maqsadi o‘quvchilarning tashqi muhit omillari, aqliy va
jismoniy mehnatning odam organizmiga ta’sirini o‘rganadigan profilaktik tarmog‘i bo‘lgan
26
gigiena haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishdan, sanitariya madaniyatini
egallash uchun zarur bo‘lgan gigienik bilimlar va shikastlangan odamga birinchi yordam
berish usullari bilan qurollantirishdan, jismoniy va ma’naviy baquvvat yosh avlodni
tarbiyalab etishtirishga ta’sir ko‘rsatishdan iborat.
|