Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

9.9.GLOSSARIY 
Tushuncha nomi 
Tushuncha mazmuni 
Akromegaliya 
O‘sib rivojlangan organizmda samatotrop garmonini ko‘p ishlab chiqarilishi 
natijasida o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan qismlarini o‘sib kattalashishi. 
Bazedov kasalligi 
Kattalashgan qalqonsimon bez funksiyasi kuchayganda kelib chiqadigan 
kasallik 
Gipoglikemiya 
Qonda glyukoza miqdorining kamayib ketishi.  
Giperglikemiya
Qonda glyukoza miqdorining ko‘payib ketishi. 
Garmon 
Ichki sekresiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulotlar, ulardan ajraladigan 
suyuqliklarga (horman - qo‘zg‘ataman). Gormonlar qonga yoki boshqa 
suyuqliklarga chiqarilgandan so‘ng, ular bilan organizmning xilma-xil organ va 
to‘qimalariga tarqaladi hamda tegishli organ yoki to‘qimalardagi hayotiy 
jarayonlarining belgili tomonlariga ta‘sir qilib, ular faoliyatini boshqarib
moddalar almashinuvida ishtrok etadi. 
Diurez 
Ajralib chiqadigan siydik 
Eksterpasiya 
Tadqiqot usuli bo‘lib, operasiya qilib, tegishli endokrin bezini olib tashlash va 
shundan keyin organizmda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni kuzatish. 
Implantatsiya 
Otalangan tuxum hujayrani bachadon devoriga payvandlanishi. 
Transplantasiya 
Tadqiqot usuli bo‘lib, endokrin bezini (yoki boshqa organni) ko‘chirib o‘tkazish 
(auto, gomo va getero 161 transplantasiya). 
Parabioz 
Tadqiqot usuli bo‘lib, ikki hayvon o‘rtasida biologik uzviylik hosil qilish. 
Buning uchun ikki yoki undan ortiq tajribadagi hayvonning qon tomirlari bir-
biriga ulanadi. Keksa va yosh, jinsiy jihatdan yetilgan va yetilmagan, bichilgan 
va bichilmagan, urg‘ochi va erkak hayvonlar qon aylanish tizimini bir-biriga 
ulash va keyin tegishli kuzatuvlarni olib borish yo‘li bilan belgili endokrin 
bezlar faoliyatini o‘rgansa bo‘ladi. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish