Inson immun tanqislik virusi




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

7.2. Inson immun tanqislik virusi 
OITS ni keltirib chi qaruvchi viruslar kasallik qayd qilingandan 3 yil keyin 
aniqlangan. IIV ning ikki shtammi mavjud. IIV-1 shtammi AQSH da, Evropada va 
Markaziy Afrikada tarqalgan. IIV-1 ga o‘xshab ketuvchi IIV-2 shtammi Janubiy Afrikada 
topilgan. Amerikada IIV-2 ning 64 holati qayd etilgan. Inson immun tanqislik virusi 
retroviruslar oilasiga kiradi. Virus ichida ikkita bir hil RNK zanjiri bor, ularning ikkalasi 
ham tarkibida IIV inomi, shuningndek ayrim strukturaviy oqsillar va fermentlar (teskari 
transkriptaza, yoki revertaza, integraza va proteaza) mavjud. Virion yuzasida jp 120 oqsili 
molekulalari bor bo‘lib, ular hujayralarning tashqi retseptorlari bilan bog‘lanish 
qobiliyatiga ega. Istalgan hujayra IIV nishoniga aylanishi mumkin, ammo insonning T-
limfotsitlari ko‘proq xavf ostida. IIV-1 va IIV-2 virion usti oqsillari tuzilishi bilan farq 


98 
qiladi. 1984 yilda IIV inson hujayralariga SD 4 retseptorli oqsil bilan bog‘lanib kirishi 
isbot qilingan. Bu oqsil T-helper (ular SD 4 limfotsitlari, deb ham ataladi) lar, deb 
ataluvchi limfotsitlarning tash qi hujayraviy membranalarida bo‘ladi.
Ammo zararlanish uchun buning etarli emasligi o‘rnatildi. Hech bo‘lmaganda bitta 
fa qat inson tanasida uchrovchi, hali o‘rnatilmagan omil (ko-retseptor) zarur. Undan tash 
qari, IIV ustki oqsillar bilan bog‘lanishi va hujayraning zararlanishiga yordam beruvchi 
yangi retseptor-oqsillar topilmo qda. 
Zararlanish jarayoni bir necha bosqichdan iborat. Hujayra membranalari va virion 
birlashgach, virion ichidagi modda hujayra ichiga o‘tadi. Keyin virusli revertaza virusli 
RNK dagi matritsa sifatida foydalanib shunga mos ikki spiralli DNK fragmentini 
sintezlaydi va hujayra inomiga o‘rnashib provirusni hosil qiladi. IIV yoki boshqa 
antigenlar bilan faollashtirilgan provirusli limfotsit ko‘paya boshlaydi va IIV ning ko‘plab 
nusxalarini yaratadi. 
IIV ning ko‘payish tezligi juda katta-zararlangan inson tanasida kuniga 10 mlrd 
yangi virionlar hosil bo‘ladi. Ular yangi limfotsitlarni zararlaydilar va virusning 
replikatsiyassikli takrorlanadi. Virusning jadal ko‘payishi natijasida SD 4 limfotsitlar 
nobud bo‘ladi. Immun tizimi T-limfotsitlarni ko‘p ishlab chiqqani bilan, ularning qondagi 
qiymati keskin kamayib boradi.
Bunda butun immun tizim ishi buziladi, natijada inson turli infeksiyalarga nisbatan 
qarshi kurashuvchanligini yo‘qotadi va u saraton kasaliga yo‘li qishi mumkin. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish