Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni)
ish yuritishga
qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega
bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) shikoyat (protest) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq
taftish tartibida
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
3) shikoyat (protest) Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent
shahar ma’muriy sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga
apellatsiya yoki kassatsiya
tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
4) shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov
hay’atiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy
sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellatsiya yoki kassatsiya
va taftish tartibida
ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud tomonidan ilgari ko‘rilgan sud
hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
6) shikoyatni (protestni) berish muddati o‘tkazib yuborilgan va o‘tkazib yuborilgan muddatni
tiklash rad etilgan bo‘lsa;
7) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs undan voz kechganligi,
protest chaqirib
olinganligi sababli shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim mavjud
bo‘lsa, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy
sudining, viloyatlar va Toshkent shahar
ma’muriy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining
shikoyatdan voz kechilganligi,
protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni
tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha
sudlov hay’atiga taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) mustasno.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi
ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, shikoyatni
berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi
ajrim
bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan
hisoblanadi.