289
Har xil
shikastlarda - suyak singanida, chiqqanida, badan jarohatlanganida
shu joyni qimirlamaydigan qilish maqsadida, qattiq bog'lam transport shinasi
yoki shinobop - shina taxtakach o'rnida ishlatsa bo'ladigan buyumlardan
foydalansa bo'ladi. Buni. immobilizatsiya deyiladi. Immobilizatsiya oqibatida
shikastlangan sohada og'riq
kamayadi, suyak singan bo'lsa, suyak parchalari
o'rnidan qimirlamaydi va uning o'tkir uchlari atrofdagi to'qimalarni (qon
tomir
va nyer vlarni) shikastlamaydi. Bunday bemorni ko'chirish
masalasi
osongina hal qilinadi. Transport shinalari.
Ular qattiq bog'lamlar bo'lib, Kramyer , Filbir, Bellyer , Ko`zminskiy,
Dityer ixs shinalari ko'proq ishlatiladi. Kerakli paytda shinaiar bo'Imay
qolsa, bemorning singan suyaklarini immobilizatsiya qilish uchun qo'l
66-rasm. Qorin sohasidagi jarohatga qo'yiladigan boshoqsimon bog-lam.
a
b
67-rasm. But sohasi jarohatlanganda qo'yiladigan bog'lov.
ostidagi turli buyumlardan foydalanish mumkin. Mabodo, shina o'rnini
bosuvchi,
shinabop buyumlar topilmasa, shikastlangan oyoqni, sog' oyoqqa,
qo'lni esa ko'krak qafasi atrofiga bog'lab qo'yish mumkin (69 -80-rasmlar).
290
68-rasm. Tovon, boldir, oyoq panjalari sohasidagi bog'lamlar.
Tibbiyot
zambili (81 -rasm).
Mazkur zambil buklanib, taxlanishi mumkin. Bemorni zambi lda 2 ta yoki 4
ta odam ko'taradi. Bemorni zambilga tegishli holatda yotqizish mumkin.
Zambilga bemorni ko'chirish uchun zambil bemor yoniga qo'yiladi. 3 kishi
bemorning sog' tomoniga tiz cho'kib, ehtiyotkorona
bemorning tagidan
qo'llarini o'tqazishadi va «ko'tardik» degan buyruq bilan hammasi bemorni
baravar ko'tarishadi. 3 ta yoki 4 ta kishi bemorni ko'tarishganida,
uning
tagiga zambilni to'g'rilab, qo'yishadi va bemorni uning ustiga tushirishadi.
Havo sovuq bo'lsa, zambildagi bemorni biron narsaga (adyol) o'rash kerak
(82-83-rasmlar).
Zambilda bemorni tashishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
1)
bemorning
oyoqlari
oldinda,
bosh
qismi
orqada
bo'Iishi
(olib
ketishayotganida) kerak;
2)
bemor hushini yo'qotgan vaqtlarda uni zambilga
boshini oldiga qilib
yotqiziladi (orqadagi zambilchilar uning holatini kuzatib borishlari zarur);
3)
zambilni chayqatmay olib borish;
4)
imqon boricha tekis joydan shoshilmay yurish lozim;zinapoyadan
chiqish
paytida orqadagi zambilchilar uni qo'llariga ko'tarib oladilar (84-
rasm):zinapoyadan tushish chog'ida zambilning oyoq tomoni oldinga