Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
96
Education and innovative research 2021 y. №6
bo’la olishiga bog’liq. Bugungi kunda texnika oliy ta’lim muassasalarida ishlab
chiqarish amaliyotini tashkil etish zamon talablaridan ortda qolmoqda.
Bu borada shaxsiy ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar mavjud emas. Biz
tez sur’atlarda o’zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklarda yangi yo’llarni
topishimiz, ishlab chiqarish amaliyotini pedagogik nazorat jarayoniga
aylantirishimiz kerak.
Biz tomondan bitiruvchining ishlab chiqarishga kelganda etuk to’laqonli
xodim bo’lishini ta’minlash maqsadida, amaliy ko’nikmalar tushunchasi shaxsga
yo’naltirilgan yondashuv asosida talqin etildi.
Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv bu - tabiiy tizim hisoblanib, talabaning
noyob shaxsiy rivojlanishi, uning o’ziga xos qobiliyatlarini va psixologik
yo’nalishlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Shaxsga yo’naltirilgan
yondashuv insoniylik falsafasi, psixologiyasi va pedagogikasining uyg’unligini
namoyish etadi. Pedagogning diqqat markazida o’zining maksimal
imkoniyatlarini ishga solib bilim olishga intilayotgan, yangi tajriba sinovlarni
qabul qila oladigan va hayotning har xil holatlarida mustaqil, ongli va mas’uliyat
bilan qaror qabul qilishga qodir bo’lgan butun bir noyob talabaning shaxsi
turmog’i lozim.
Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv talaba shaxsidagi mustaqillik,
tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini
tarbiyalaydi. Bunda talabani ta’lim tizimiga moslashtirmay, balki talabaning
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun imkon beriladi,
uning o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil amaliy mashq qilishi, o’zligini namoyon
etish, faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, mushohada qilish, o’z amaliy
faoliyatida sinab ko’rish, yangi g’oya va fikrlarni bildirish, mavjud muammolar
echimining samarali yo’llarini qidirish uchun erkinlik berish, talabaning amaliy
ko’nikmalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Har qanday talaba o’ziga
xos takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirishga, namoyish
qilishga intiladi.
Talaba amaliy mashg’ulot jarayonida talabalar tafakkurini rivojlantirishga
xizmat qiluvchi usullar (muammoli-izlanish, tadqiqot, amaliy mashqlar,
munozara, guruhlarda ishlash)dan foydalanib, shunday shart-sharoitlarni
tarkib toptirishi lozimki, natijada talaba uchun dastlab neytral bo’lgan
ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv xususiyat kasb etsin. Buning uchun amaliy
ko’nikmalarni rivojlantiradigan amaliy mashqlar turlari o’qituvchi tomonida
talabani qiziqtiradigan, uning shaxsiy tajribasiga mos keladigan, fikrlashga
undaydigan, ijodiy yondoshgan holda qayta ishlanadi. Shaxsga yo’naltirilgan
yondashuv amaliy mashg’ulot jarayonini loyihalashning o’ziga xos tomonlarini
hisobga olishni, ya’ni talaba shaxsi modeliga avvaldan belgilab qo’yilgan
talablardan yiroq bo’lishni taqozo etadi. Amaliy ko’nikmalarni rivojlanish
jarayonlarining shaxsga bo’lgan ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim jarayonida
har bir talaba o’zini erkin, mustaqil, ijodkor va har tomonlama rivojlangan shaxs
bo’lib o’sishini hisobga olish zarur omillardan biridir.
Shaxsga yo’naltirilgan yondashuvning asosiy prinstipi–talabaning
individualligini tan olish va uning amaliy ko’nikmalarini rivojlanishi uchun
zarur va etarli sharoit yaratishdir. Har bir talabaning psixologik xususiyatlarini
Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
97
http://interscience.uz
hisobga olib, individual amaliy mashq qilish uchun ishlab chiqarishdagi o’quv
jarayonini o’zgacha tashkillashtirish lozim bo’ladi. Buning uchun ishlab chiqarish
korxonasidagi olib boriladigan amaliy mashg’ulotlarda o’quv mashqlari,
trenajyorlar, amaliy mashqlar xilma-xilligi, va egallangan amaliy ko’nikmalar
bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilish shakllari maxsus loyihalashtirilib,
talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi. Shaxsga
yo’naltirilgan yondashuv ta’limda pedagogik jarayon shaxsda belgilangan
sifatlarning shakllanishiga qaratiladi. Pedagogik jarayon bu belgilangan
maqsadga erishish hamda shaxsning amaliy ko’nikmalarini ijobiy tomonga
o’zgartirishga qaratilgan o’qituvchi va talaba o’rtasidagi aniq bir muddat va
ma’lum amaliy mashqlar tizimda maxsus tashkil etilgan o’zaro munosabat.
Jarayon amaliy mashqlar davomiyligi, talabaning amaliy ko’nikmalarini
rivojlanishi, yuqori natijaga erishishi yo’lidan uzviy davom etayotgan harakatlar
jamlanmasi.
Amaliy ko’nikmalar – amaliy mashqlarning asosiy tizim birligi. Uning
xususiyati shundan iboratki, u o’qituvchi va talabaning amaliy mashg’ulotdagi
munosabat tizimini belgilaydi. Agar amaliy mashqlar jarayoni tushunchasi
maqsadga yo’naltirilgan shaxsga ma’lum sifatlarni shakllanish ta’sirini amalga
oshirishga qaratilgan harakat bo’lsa, amaliy ko’nikmalar jarayoni tushunchasi
oldindan tashkil etilgan amaliy mashg’ulotning o’zaro ta’sir tizimini bildiradi.
Amaliy ko’nikmalarni rivojlantirishda ta’lim jarayonining vazifalari:
talabalarning amaliy mashg’ulotlarda faoliyatini kuchaytirish;
amaliy mashqlardagi faoliyatini takomillashtirish;
fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;
dunyoqarashi va muammolarni hal etish ko’nikmasini shakllantirish;
amaliy ko’nikma va malakalarini takomillashtirish.
Amaliy mashg’ulot jarayonining tarkibiy komponentlari:
tahlil, sintez, taqqoslash, tizimlash;
amaliy mashqlar va qonuniyatlarni bilish sababli aloqalarni tushunish,
anglash;
amaliy ko’nikma hosil qilish va tizimlash;
amaliyotda mavjud muammolarni mustaqil hal etish faoliyati;
o’z-o’zini nazorat qilish, erishilgan amaliy ko’nikmalarni tashxis qilish;
amaliy mashg’ulot natijasining ideal darajada bo’lishini oldindan bilish
[4].
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida amaliy ko’nikmalarini
rivojlantirish bo’yicha ishlar ishlab chiqarish korxonalarida olib boriladi. Ishlab
chiqarish amaliyotidagi talabalarni guruhlarga ajratishni maqsadlarga muvofiq:
kognitiv, bilish va ta’lim maqsadlari (nazariy ta’lim jarayonida olingan bilimlarni
mustahkamlash) va ijtimoiy yo’naltirilgan maqsadlar (muloqotlar, guruh yoki
jamoaviy hamkorlikdagi o’zaro aloqalar, axborot almashinuvi tajribasiga
o’rganish). Ana shu maqsadlardan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonasida
zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan stexlar tanlab olinib, amaliy
ko’nikmalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan talabalar amaliyotini tashkil etish
tavsiya etiladi.
Talabalar amaliy ko’nikmalarni kengaytirish, ishlab chiqarish operastiyalarini
|