fosfor va kaliyli o‘g‘itlar, shuningdek mikroo‘g ‘itlar: bor, marganets va
boshqalardan foydalaniladi.
Tok tuproqlarini o‘stirish turli tizimlar, jumladan: tokni qoziqlarga olib, so'riga
ko‘tannay, tirgovuchsiz, ishkomda, gorizontal yoki qiya so‘rilarda, vertikal
so‘rilarda o ‘stirishlar qo‘llaniladi.
Tok tupini kesish uni parvarish qilishdagi asosiy agrotexnika usullaridan biri
hisoblanadi. Tokni har yili kesish kerak. Kesish orqali tok tupining yer ustki qismi
bilan uning ildiz tizimi o'rtasidagi to‘g ‘ri nisbat b o ‘lishiga erishiladi. Kesishda tok
tupida m a’lum miqdorda kurtak qoldirib, hosil berishi va o‘sish darajasi tartibga
solinadi. Tokni kesish tupni parvarish qilishni-ko'mish, bog'lash, xomtok qilish va
hokazolami yengillashtiradi, shuningdek, hosildorligini kamaytirmagan holda uni
asta-sekin yoshartirish imkonini beradi. Bundan tashqari tok kesish, tupdagi
qutblikka qarshi kurash, tokning ayrim vegetativ va generativ qismlarining o ‘sish
kuchini tartibga solishga hamda vegetativ va hosil beruvchi organlarining m a’lum
oraliqda yoyilishi hamda joylashishiga yordam beradi.
Tokni kesish va xom novdalarini yuhb tashlash vaqtida qoldiriladigan kurtaklar
va hosil beradigan novdalar soni muayyan tabiiy va agrotexnika sharoitida keyingi
yillarda tuplaming o‘sish kuchini hamda ulaming hosil berish qobiliyatini
pasaytirmasdan yuqori sifatli eng ko‘p hosil olishni ta’minlaydi, bu optimal
yuklama deb ataladi.
To‘g ‘ri yuklama belgilash uchun, tupning o‘sish kuchi bilan yuklama va uning
novdalari, uzum hosilining miqdori va sifati orasidagi bog‘lanish hisobga olinadi.
Tekshirishlar va ishlab chiqarish tajribasida shu narsa aniqlandiki, gektaridan
200-300 s hosil olish uchun vinobop navlaming har gektari hisobiga 300-350 ming
tagacha kurtak bo'lishi zarur.
Tokning yashil qismlari bilan olib boriladigan ishlar tok va bevosita ta’sir
ko‘rsatish hisoblanadi. Bu ishlar bahor-yozda, hayot faoliyati faollashgan davrda
bajarilib, tupning o'sishi, oziqlanishi hosil berishiga, uning ayrim organlariga oziq
moddalami taqsimlanishiga va boshqa fiziologik holatlarga ta’sir etib, ulami
tartibga soladi.
Xomtok qilish, qo'ltiq novdalami yuhb tashlash, chilpish, erta-yozgi chekanka,
qo‘ltiq novdalardan qo‘shimcha hosil olish, novdalami xalqalash va g‘ujumlami
siyraklatish tupning yashil qismlari bilan olib boriladigan ishlardir.