-vazifa. Past start va startdan tezlik olish hamda g’ovlarni oshib o’tish texnikasini o’rgatish. Vositalar




Download 24,48 Mb.
bet75/244
Sana21.05.2024
Hajmi24,48 Mb.
#249047
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   244
Bog'liq
portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

4-vazifa. Past start va startdan tezlik olish hamda g’ovlarni oshib o’tish texnikasini o’rgatish.
Vositalar.
1. 3-4 g’ovni yuqori startdan oshib o’tish.
2. Xuddi shuning o’zi past startdan.
Uslubiy ko’rsatmalar. Avval yuqori start qo’llaniladi. Shu tariqa startdan yugurib kelish ritmini egallab olish osonroq. Dastlabki yugurish mashqlarida 4 qadam bajariladi. Itariluvchi oyoq oldinga chiqariladi. Boshida 3 ta qadam bir me’yorda, to’rtinchisi tezlashtirib tashlanadi. Bunday ritm ovoz va zarbalar bilan hosil qilinadi. U g’ovlar orasidagi yugurish va g’ovni tez oshib o’tish ritmiga o’xshaydi. Keyin startdan yugurib kelish ikki yugurish qadamiga yuqorida keltirilgan metr kattaliklariga qadar uzaytiriladi. 6 qadamli yugurib kelishda oxirgi ikki qadamni tezlashtirish imkoni bor, ularni belgilar bilan shunday ajratish kerakki, 6-qadam 5-sidan 10-15 smga qisqaroq bo’lsin. Keyin butun startdan yugurib kelish kesmasi belgilab chiqiladi, bunda har bir keyingi qadamning bir xil kattalikda uzayishiga (10-15 sm) e’tibor qaratiladi. Qadamlarning uzunligi va vaqti jihatidan to’g’ri bajarilishi startdan yugurib kelishning chiroyli chiqishiga yordam beradi.
Dastlab sakkiz qadamli yugurib kelishga o’tish uchun shoshilishga ehtiyoj yo’q. G’ovdan oshib o’tish hamda g’ovlar orasida yugurish texnikasini olti qadamli usul bilan ham samarali egallab olish mumkin. Bu amallar qo’pol xatolarsiz, g’ov ustida va undan oshib o’tib erga “qo’nish” paytida muvozanatni to’g’ri saqlagan holda bajariladigan bo’lgach, sportchi 8 qadamli yugurib kelish usuliga o’tishi mumkin.
Bu davrda g’ovlarni joylashtirish nuqtai nazaridan va o’rgatish usuliyatiga ko’ra o’g’il va qiz bolalar bilan ishlashda deyarli hech qanday farq yo’q. Birinchi g’ovgacha bo’lgan masofa 8 yugurish qadamini tashkil etadi. Startdan yugurib kelish tezligi jiddiy ortib boradi, u bilan birga qiyinchiliklar va xatolar soni ham oshaveradi.
Qadamlar uzunligini 7 tagacha oshirish hamda parvoz vaqtida sonlarni tezlik bilan birlashtirish va itariluvchi oyoqni itarilish joyiga yuqoridan faollik bilan joylashtirish hisobiga 8-qadamni qisqartirish talablariga rioya qilish zarur. Bu vaqtgacha g’ovchi past start va g’ovlarsiz startdan yugurib kelish texnikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur. Start va startdan yugurib kelish g’ovlar osha yugurishda yuqorida ko’rib chiqilgan bir qator xususiyatlarga ega bo’ladi. Bu xususiyatlarni bilib olish g’ovlar osha yugurish texnikasida ko’proq takomillashtirish bosqichiga tegishlidir.

Download 24,48 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   244




Download 24,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-vazifa. Past start va startdan tezlik olish hamda g’ovlarni oshib o’tish texnikasini o’rgatish. Vositalar

Download 24,48 Mb.