Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




Download 24,48 Mb.
bet157/244
Sana21.05.2024
Hajmi24,48 Mb.
#249047
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244
Bog'liq
portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

8.6. MUSOBAQALARNI O’TKAZISH


Hakamlar guruhlari kotiblarining vazifa majburiyatlari
Hakamlar guruhlarining barcha kotiblari kotibiyat tarkibiga kiradilar, lekin o’z hakamlik guruhi ishlayotgan vaqtda guruhning bosh hakamiga bo’ysunadilar. Ularning vazifasi rasmiy ish qaydnomasini to’g’ri va to’la shakllantirish, ishchi va boshqa materiallarni kotibiyatga va boshqa xizmatlarga bosh kotib ko’rsatmalariga muvofiq ravishda o’z vaqtida etkazishdan iborat.
Qaydnomalarni sharikli ruchka bilan aniq, ravon yozuvda to’ldirish zarur. Barcha holatlarda hisobga olinmagan urinish “X” belgisi bilanko’rsatiladi;

  • urinish o’tkazib yuborilsa, chiziq “_____”;

  • ishtirokchi startga kelmasa “kelmadi”;

  • balandlik egallansa, “O” belgisi qo’yiladi.

Qaydnomada natijalar quyidagi tartibda yoziladi:

  • yugurish natijasi (10000 m masofagacha) avtomatlashtirilgan elektron apparatlarida foydalanilganda, 0.01 sek.gacha aniqlashtiriladi: 10.14, 20.02, 48.11, 4:9.18;

  • 10.000 m.dan yuqori masofalarda 0.1 sek.gacha yaxlitlanadi. Masalan: 59:26.32 – 59:26.4 deb yoziladi.

To’laligicha yoki qisman stadiondan tashqarida o’tkaziladigan 5000 m va undan yuqori masofalarga yugurish musobaqalarida vaqt keyingi katta to’la sekundgacha aniqlikda qayd qilinadi. Masalan: 2:09:44.32 – 2:09:45.
Uloqtirishlarda natija kamaytirish tomon 1 sm.gacha yaxshilab yoziladi – 60.23.
Sakrashlarda yozuv quyidagicha amalga oshiriladi: 7,63; 2.23; 5.55.
Agar ishtirokchi natijasi qaydnomaga yozilganidek keyin lappakvalifikastiya qilinsa (masalan, yugurishda – yo’lkachadan chiqib ketganligi, estafetani noto’g’ri uzatganligi uchun), u holda uning natijasi qaydnomadan o’chiriladi, yoniga dasturning mazkur nomeri bosh hakami imzo qo’yadi va lappakvalifikastiya qilish sababi yoziladi. Ishchi qaydnomada tuzatishga imkon qadar yo’l qo’yilmaydi, lekin zarurat tug’ilganda, ilgarigi natija o’chirilib, yangisini qayd etish orqali o’zgarish kiritish mumkin (u kotib imzosi bilan tasdiqlanadi).
Dasturning mazkur nomeri tugagach, ishchi qaydnoma bosh hakam, kotib va guruhning boshqa hakamlari, referi tomonidan imzolanadi.
Rekord natija ko’rsatilganida, hakamlar guruhi kotibi rekord blankining to’g’ri to’ldirilishini va uning mazkur musobaqani o’tkazgan guruhning barcha hakamlari tomonidan imzolanishini ta’minlashi lozim.
Musobaqa (yoki navbatdagi davra) tugagach, marradagi kotiblar hakamlarning barcha hujjatlarini kotibiyatga etkazadilar. Bular:

  • hakamlarning yozuvlari;

  • masofadagi katta hakamning qaydnomalari;

  • shamol tezligini o’lchash qaydnomalari (keyin ishchi qaydnomaga har bir poygada shamol tezligining qiymati kiritib boriladi);

  • oraliq marrani qayd etish va h.k.

Uzunlikka va uch hatlab sakrash bo’yicha musobaqa o’tkazayotgan guruh kotiblari o’z musobaqalari tugaganidan so’ng kotibiyatga shamol tezligini o’lchash qaydnomalarini topshirishlari shart.

Download 24,48 Mb.
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244




Download 24,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

Download 24,48 Mb.