|
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 15 | 2023Bog'liq 1.4. БУМЕРАНГGOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 15 | 2023
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal June, 2023
18
11-bosqich.
O‘qituvchi har bir guruhni o‘z yozma materiallarining mazmunidan
kelib chiqqan holda bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol
tuzishlari uchun 5 - 7 daqiqa vaqt ajratadi.
12-bosqich.
Guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi “hisobchilar”
esa guruh a’zolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar.
Javoblar to‘g‘ri bo‘lsa, savol bergan guruh javobni to‘ldirmaydi.
13-bosqich.
O‘qituvchi guruh a’zolari to‘plagan ballarni yana bir marta doskaga
yozadi va to‘plangan ballar (baholar)ning umumiy qiymatini aniqlaydi. To‘plangan
ballar (baholar)ning umumiy qiymati barcha guruh a’zolariga teng bo‘linadi
(kelishganlik asosida). Izoh: agar to‘plangan ballarni guruh a’zolariga teng bo‘lishda
talabalar tomonidan norozilik bo‘lsa, ya’ni ba’zi guruh a’zolari guruhning faoliyatida
faol ishtirok etib, umumiy jamoaviy faoliyatda passiv bo‘lgan bo‘lishsa, yoki umuman
ishtirok etmagan, qiziqmagan bo‘lishsa, bunday holatda vaziyatni yechishni guruh
a’zolariga yuklatiladi. Guruhning yechimi to‘g‘ri hisoblanadi, yoki o‘qituvchi o‘z
fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida talabalarning javoblari, faol yoki
passivliklarini kuzatib boradi.
Umuman olganda, agar talaba faollik ko‘rsatmagan, yoki savol - javoblarda
ishtirok etmagan bo‘lsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani eslab qolib
o‘zlashtirganini hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin. Bu
talabani keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq bo‘lishga undaydi. Yuqoridagi
kabi vaziyat vujudga kelsa uning yechimini har bir o‘qituvchi sharoitga qarab o‘zi hal
etishi yoki guruh, jamoaga tashlashi mumkin.
Ba’zida guruhning “hisobchilari” ballarni qo‘yishda noaniqlik yoki qo‘shib
yozishlari mumkin, natijada, ba’zi guruhlarning umumiy to‘plangan ballari boshqa
guruhlarnikidan juda kam farq qilishi mumkin. Talabalarning
haqqoniy
baholanishlari ularning tanlangan “hisobchi”lariga bog‘liq ekanligini o‘qituvchi
oldindan eslatib o‘tadi. Agar umumiy to‘plangan ballarni guruh a’zolariga
taqsimlaganda shu mashg‘ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan
|
| |