|
Mavzu: Global kompyuter tarmoqlari
|
bet | 1/29 | Sana | 06.04.2017 | Hajmi | 143.5 Kb. | | #3251 |
O‘ZBEKISTON respublikasi oliy va O‘RTA
maxsus ta'lim vazirligi
al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti jismoniy madaniyat
fakulteti 205-guruxi tolibi
Shomuratov Jonibek
Mavzu: Global kompyuter tarmoqlari.
Tayyorladi: Shomuratov J.
Qabul qildi: Matchanov B.
Urganch-2012
REJA:
-
Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi.
-
INTERNET global kompyuter tarmog‘i.
-
Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo‘llanilishi.
1. Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi.
Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro almashish extiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo xamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo xamjamiyatiga kirish imkonini beruvchi tarmoq - bu Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta'minotdan foydalanish kerak. Do’stona grafik interfeys Internet xizmatidan xar bir kishining foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunday dasturlarning ko’pi foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan Windows OT muxitida ishlaydi. Grafik interfeysli dasturlar muxim xususiyatlarga ega: ular foydalanuvchidan barcha tizimli arxitekturani bekitadi va xar qanday kompyuter platformasida saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.
|
| |