29
qismi qolib, boshqa tomondagilarni esa biror jism yoki muxitda yutilgan, ya’ni
polyarizastiyalashgan bo’ladi.
a)
b)
4.2-rasm.
a) oddiy nur; b) polyarizastiyalangan nurlar.
1-nurning ko’ndalang kesimi; 2-uning yon kesimi; 3-yo’nalishi.
EF-CH- polyarizastiya tekisligi.
Polyarizastiyalangan nur quyidagi shartlarga javob berishi, ya’ni:
1/ yorug’lik manbaining bitta bo’lishi;
2/ bir tekislikda tebranishi;
3/ bir yo’nalishda bo’lishi, bir xil to’lqin uzunligiga ega bo’lishi kerak.
Yer po’stida uchraydigan minerallar optik xususiyatlariga ko’ra ikki asosiy katta
guruhga bo’linadi;
1. Optik izotrop – guruh
2. Optik anizotrop guruh
Optik izotrop guruhga, kub singoniyali minerallar va amorf moddalar kiradi.
Ularning tuzilishi, xususan optik xususiyatlari (nur tarqalish tezligi va sinish
ko’rsatkichi) hamma yo’nalishida bir xildir. Kub singoniyali izotrop minerallardan
flyuorit, granit, shpinel va boshqalarni amorf moddalarga esa sun’iy shisha va vulqan
shishasi, apal, kaxrabo (yantar), smola kabilarni ko’rsatish mumkin. Izotrop jismlarning
zichligi hamma yo’nalishda bir xil. Bunday xususiyat jismlarning xossalarni belgilash
va baholashda katta ahamiyatga ega.
Optik aniztrop jismlarda bu xususiyatlar butunlay boshqacha. Bu gruppaga
geksogonal, tetrogonal, rombik, monoklin va triklin singoniyali minerallar kiradi.
Minerallarning
xossalarini
belgilash
va
baxolashda
ularning
optik
xususiyatlarining ahamiyati kattadir. Demak bu xususiyatlar minerallar tashkil qilgan
tog’ jinslarning xossa va xususiyatlariga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qiladi. Shuning uchun
tog’ jinslarini o’rganishda minerallarning optik xususiyatlarini baxolash alohida
ahamiyatiga ega.