64
o’simliklarning t o t i p o t e n t l i g i haqidagi gipotezani olg'a surdi. Totipotentlik-o’simlik
somatik (somatik-ko'p hujayrali organizmlarning ko'payishda ishtirok etmaydigan hujayralari)
hujayralarining to’liq rivojlanib yaxlit, bir butun o’simlik hosil qila olish xususiyati. Istalgan
o’simlik turidan tegishli sharoitlarda bo’linadigan hujayralar massasini olsa bo’ladi. Bunday
hujayralar massasi
kallus
(lotincha
callus
-qadoq) deyiladi. Kallus to’qimalari orqali
o’simliklarni sanoat miqyosida yirik masshtablarda ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek bir
turga mansub o’simlik kallus to’qimasini bir necha marotaba ishlatish mumkin.
Bioob'ektlar orasida o’simlik hujayralarining protoplastlari xam muhim o’rinni egallaydi.
O’simlik hujayralari protoplastlarini olish usullari bakteriya va zamburug'lar protoplastlarini
olish usullariga o’xshash.
Hayvonlar.
Hayvonlar ham o’simliklar kabi sodda va murakkab tuzilganlarga
farqlanadi. Sodda tuzilganlar (
Protozoa
) bir hujayrali, mikroskopik hayvonlardir. Ular tabiatda
keng tarqalgan, ba'zilari xatto inson tanasida xam yashaydi. Hujayrasining tuzilishi yirik
hayvonlar hujayrasiga o’xshaydi. Ularda ham barcha strukturaviy elementlar ya'ni hujayra
organoidlari bor. Oziqlanish tipiga ko’ra geterotroflardir.
In vitro
usulida sodda hayvonlarni
o’stirish juda qiyin. «Krutsin» preparati-ana shu murakkab jarayonlar mahsuli.
XX asrning boshlarida R.Garrison va A.Karrel hayvon to’qimalarini
in vitro
usulida
o’stirish mumkinligini ya'ni to’qimadan ajratilgan hujayrani ozuqa muhitida ham yashay olishini
aniqladilar.
Hayvon hujayralari bilan ishlash qiyin bo’lishiga qaramay, ular yordamida o’ziga xos
mahsulotlar olish mumkin. Masalan, monoklonal antitelolar, transgen hayvonlar.
Biotexnologik jarayonlarni o’tkazish uchun bioob'ektlar quyidagi o’ta muhim
parametrlarga ega bo’lishi lozim:
tozalik
hujayralarning ko’payish tezligi va virus zarrachalarining reproduktsiyasi
biomolekula yoki biosistemalarning faolligi va barqarorligi