|
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari
|
bet | 79/155 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #137061 |
Bog'liq Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)
Sarf xarajatlarga asosan narx belgilashning 2 ta usuli mavjud:
Tannarx asosida narx belgilash
To‘la xarajatlar asosida narx belgilash
Tannarx(ishchi kuchi, materiallar, yoqilg‘i, energiyaga ketadigan xarajatlar, amortizatsiya, sug‘urta, ustama xarajatlar, boshqaruvga ketadigan xarajatlar hisoblab chiqiladi.)
Ko‘pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan foydalanadi. Formulalarga ko‘ra, narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi.
«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini
qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash bilan firma mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do‘konlarga xaridorlarning kelishini ko‘paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo‘shimcha ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
|
| |