1)
. Tushuvchi AS nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasidan
chiqarilgan CN normal qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur SV ham shu tekislikda
yotadi;
2)
. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo’ladi, ya’ni a=a' Qaytgan
yorug’likning intensivligi tushayotgan yorug’lik nurining qutblanishiga, tushish
burchagiga hamda birinchi va ikkinchi muhitlaming sindirish ko’rsatkichlari Pi, va
P
2
ning o’zaro munosabatiga bog’liq. Agar sirtdagi notekisliklarning o’lchami
yorug’lik to’lqini uzunligiga o’lchovdosh yoki undan katta bo’lsa, ingichka shu’la
chegarada sochiladi. Yorug’lik nurlari qaytgandan keyin esa turli yo’nalishlarda
tarqalsa, bunday qaytish tarqoq qaytish (yoki diffuz qaytish) deb ataladi [9].
Yorug’likning fazo bo’yicha taqsimoti Lambert qonuni bo’yicha aniqlanadi.
O’zi yorug’lik tarqatmaydigan buyumlarni ulardan yorug’likning xuddi shu tarqoq
qaytishi tufayligina ko’ramiz. Hatto juda silliq sirtdan ham yorug’lik juda oz darajada
sochiladi. Aks holda biz bunday jismlarning sirtini ko’ra olmagan bo’lar edik. Ba’zi
tabiiy hodisalar, misol uchun, sahrodagi sarob yorug’likning qaytishi hodisasiga
asoslanadi. Yorug’likning qaytish qonunini to’lqin nazariyasi, ya’ni Gyugens
prinsipi asosida isbot qilish mumkin. Faraz qilamizki, AB yuzaga OA yo’nalishda
yassi to’lqin tushsin, bu to’lqinning fronti AK bo’lsin. To’lqin fronti AK holatni
egallagan vaqtda АВ sirtning A nuqtasidan elementar to’lqin