kredit 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — ijobiy farq
summasidan hisoblangan QQS summasiga;
ijobiy farq hajmi tannarxini aks ettirish:
debet 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
kredit 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining
sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmining tannarxi (sotib olish qiymati)
summasiga;
ilgari olingan bo‗nak to‗lovlarining qolgan summasi mavjud bo‗lgan hollarda, ularni
iste‘mol qilingan elektr energiyasining ijobiy farqi summasiga hisobga olinganda:
debet 6310 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‗naklar‖ schyoti;
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
shartnomadagi hisoblangan miqdor bo‗yicha yoki o‗tgan davrlar uchun elektr
energiyasining haqiqiy sarfi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida tan olingan sotish tushumi
summasining, elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‗rsatkichlariga muvofiq maishiy
iste‘molchilar tomonidan haqiqatda iste‘mol qilingan elektr energiyasi qiymatidan oshgan
summasiga (salbiy farq):
debet 9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar‖ schyoti;
debet 6410 ―Budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz (turlari bo‗yicha)‖ schyoti — salbiy farq
summasidan hisoblangan QQS summasiga;
kredit 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
salbiy farq hajmi tannarxining tuzatilishini aks ettirish:
debet 2990 ―Boshqa tovarlar‖ schyotida ―Elektr energiyasi‖ schyotini alohida ajratgan
holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi salbiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining
sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi (sotib olish qiymati)
summasiga;
kredit 9120 ―Sotilgan tovarlarning tannarxi‖ schyoti;
shartnomadagi hisoblangan miqdordan kelib chiqib yoki o‗tgan davrlar uchun elektr
energiyasining haqiqiy sarfi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida hisoblangan iste‘mol qilingan elektr
energiyasi bo‗yicha maishiy iste‘molchining qarzdorligi bo‗lmagan holatda, yoki HETKning ilgari
olingan avans to‗lovlari bo‗yicha maishiy iste‘molchidan qarzdorligi mavjud bo‗lgan holatda, salbiy
farq summasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
debet 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ schyoti;
kredit 6310 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‗naklar‖ schyoti.