|
Jahon mamlakatlarida geotermal stansiyalarning o‘rnatilgan quvvatlari va ularda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning ulushi
|
bet | 71/105 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #271589 |
Bog'liq Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlashJahon mamlakatlarida geotermal stansiyalarning o‘rnatilgan quvvatlari va ularda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning ulushi
4.1- jadval
Mamlakat
|
O‘rnatilgan quvvat, MVt
|
Umumiy ishlab
|
|
|
|
|
chiqarilgan
|
|
|
2007 y.
|
2010 y.
|
|
|
|
|
elektr
|
|
|
|
|
energiyaga
|
|
|
|
|
nisbatan %
|
|
AQSH
|
2687,0
|
3086,0
|
0,3
|
|
Filippin
|
1969,7
|
1904,0
|
27
|
|
Indoneziya
|
992,0
|
1197,0
|
3,7
|
|
Meksika
|
953,0
|
958,0
|
3,0
|
|
Italiya
|
810,5
|
843,0
|
-
|
|
Yangi
|
471,6
|
628,0
|
10
|
|
Zelandiya
|
421,2
|
575,0
|
30
|
|
Islandiya
|
535,2
|
536,0
|
0,1
|
|
Yaponiya
|
204,2
|
204,0
|
14
|
|
Salvador
|
128,8
|
167,0
|
11,2
|
Keniya
|
162,5
|
166,0
|
14
|
Kosta-Rika
|
87,4
|
88,0
|
10
|
Nikaragua
|
79,0
|
82,0
|
-
|
Rossiya
|
38,0
|
82,0
|
-
|
Turkiya
|
53,0
|
52,0
|
-
|
Gvatemala
|
27,8
|
24,0
|
-
|
Xitoy
|
14,7
|
16,0
|
-
|
Fransiya
|
8,4
|
6,6
|
-
|
Germaniya
|
0,2
|
1,1
|
-
|
Avstraliya
|
|
|
|
Jahon bo‘yicha
|
9731,9
|
10709,7
|
-
|
Yerning tagidan chiquvchi bug‘ning tarkibida karbonat angidrid (CO2), vorod sulfat (H2S), metan (CH4), ammoniy (NH3) kabi gazlarning aralashmasi mavjud bo‘ladi. Bu atrof-muhitni ifloslovchi gazlarning atmosferaga chiqarib yuborilishi global isish, kislotali yomg‘irning sodir bo‘lishi va zararli hidlarning paydo bo‘lishi jarayonlarini kuchaytiradi. Mavjud geotermal elektr stansiyalari har kilovatt.soat ishlab chiqariluvchi elektr energiyaga o‘rtacha 122 kg miqdoridagi karbonat angidridni ajratib chiqaradi. Bu an’anaviy organik yoqilg‘ilarda ishlovchi elektr stansiyalardagi ko‘satkichga nisbatan ancha kamdir. Yuqori darajada kislota va zararli gaz ajratib chiqaruvchi elektr stansiyalari, odatda, chiqindilarning miqdorini kamaytirish uchun maxsus nazorat va tozalash tizimi bilan jihozlanadi. Geotermal stansiyalarda bunday gazlarni yerning tagiga maxsus kanallar orqali haydash ham nazariy jihatdan mumkin. Bunday zamonaviy usul geotermal energiya ishlab chiqarishni yanada kuchayishini ta’minlaydi. Geotermal stansiyalarning qurilishi yerning turg‘unligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yerning sathining cho‘kish jarayoni Yangi Zelandiyaning Vairakiy geotermal stansiyasi hududida sodir bo‘lgan.
Geotermal elektr stansiyalari minimal miqdorda yer maydoni va toza suvni talab etadi. Ularda har gegavatt elektr quvvatiga taxminan 3,5 km2 maydon to‘g‘ri kelsa, an’anaviy ko‘mirda ishlovchi IESlarda bu kattalik 32 km2 , shamol elektr stansiyalarida esa 12 km2 ni tashkil etadi. Shuningdek, ularda ishlatiluvchi toza suvning miqdori har bir megavatt.soat ishlab chiqariluvchi elektr energiyaga 20 litrni tashkil etsa, bu miqdor an’anaviy atom, ko‘mir yoki mazut energiyalaridan foydalanuvchi stansiyalarda 1000 litrdan ortiqni tashkil etadi.
4.22 - rasm. Islandiyaning Shimoliy-Sharqida joylashgan Kraftla geotermal stansiyasining umumiy ko‘rinishi
Geotermal elektr stansiyalarida birlamchi energiya manbasi yer qa’rining issiqlik energiyasi bo‘lganligi sababli ularda elektr energiya ishlab chiqarishning tan narxi an’anaviy IESlardagiga nisbatan ancha past. Biroq ularni qurish katta miqdordagi kapital mablg‘ni talab etadi. Sarflanuvchi bu mablag‘ning yarmidan ko‘p qismi parmalash ishlariga sarflanadi. Masalan, AQSHning Nevada shtatida 4,5 MVt quvvatli geotermal elektr stansiyasini qurishda parmalash ishlariga 10 mln. AQSH dollari sarflangan. Umuman olib qaralganda, hozirgi davrda geotermal elektr stansiyasining qurilishiga sarflanuvchi kapital mablag‘ miqdori har bir megavatt o‘rnatilgan quvvatga 3-8 mln. AQSH dollarini talab etadi. Ularda ishlab chiqariluvchi elektr energiyaning narxi esa 0,05-0,16 $/kVt.soat ni tashkil etadi. 2007-yil davomida jahon miqyosida geotermal elektr stansiyalarining qurilishiga sarflangan mablag‘ har megavatt quvvatga 4 mln. AQSH dollarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, shu yil davomida bunday turdagi barcha stansiyalarda elektr energiya ishlab chiqarishning o‘rtacha tannarxi 0,054 $/kVt.soat ni tashkil etdi. Baholashlar geotermal elektr stansiyalari qurilishining bundan keyingi taraqqiyotida bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ortib borishini ko‘rsatadi.
Geotermal energiya katta masshtabda qo‘llanilishi mumkin. Yirik geotermal stansiyasi butun shaharlarni ta’minlay olsa, kichiklari tarqoq joylashgan qishloqlarni ta’minlashi mumkin.
Chevron korporatsiyasi jahonda eng yirik geotermal energiya asosida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi xususiy korxona hisoblanadi. Eng yaxshi taraqqiy etgan geotermal hudud AQSHning Kaliforniya shtatidagi Geyzer hududidir. 2008-yil davomida bu hududda umumiy quvvati 725 MVt bo‘lgan 15 ta xususiy geotermal elektr stansiyalari faoliyat ko‘rsatdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jahon mamlakatlarida geotermal stansiyalarning o‘rnatilgan quvvatlari va ularda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning ulushi
|