KIRISH
Individual loyiha ishining dolzarbligi. Bugungi
kunda barkamol avlodni
tarbiyalashda yoshlarni intelektual salohiyatini roʻyobga chiqarish va ularning har
tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatini ustivor
yoʻnalishga aylangan. Chunki jismoniy sogʻlom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk
kelajakni yaratadi.
Mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari
tarmogʻini
kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga
zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har
tomonlama
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar
yaratish
maqsadida
Oʻzbekiston
Respublikasi
prezidenti
Sh.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabr, “2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2707-son hamda
2017 yil 9
sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3261-son, 2018 yil 30 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim
tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3955-son
kabi qator qaror, qonun va qonun osti hujjatlari yaratildi.
Ma’lumki, maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sogʻlom va
yetuk, maktabda oʻqishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu
maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda
maktabgacha
ta’lim
muassasalarida
ta’lim-tarbiya
jarayoniga
axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM) tarbiyachilarining
asosiy vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatni yanada oʻstirish,
ularning bilim
olish istiqbolini rivojlantirishdan iborat.
Shunga koʻra, tarbiyachi mashgʻulotlarda turli oʻquv pedagogik dasturlardan,
elektron qoʻllanmalardan, pedagogik oʻyinlardan foydalansa tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi toʻsiq yoʻqoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi.
Bolalarda kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi chunki, mashgʻulotda majburiy
bilim berish boʻlmaydi, bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijaga erishadi.
MTMlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan
foydalanish kunning
dolzarb muammolaridan biri boʻlib hisoblanadi.