129 5 Dasturlashni oʻrganish
3-amaliy koʻnikma Scratchda takrorlash amalidan foydalanish Scratchda
Control menyusini bosing. Scratchda uch xil takrorlash operatori
mavjud. Faqat dastlabki ikkitasidan foydalanish siz uchun yetarlidir. Birinchi
takrorlash operatori oq katakda bajarishlar soniga teng ravishda kodni
takrorlaydi. Ushbu vaziyatda oʻn marta ishga tushadi.
Sonini oʻzgartirish uchun ushbu qismni tanlang va yangi son kiriting.
Ikkinchi takrorlash operatori uning ichidagi kodni cheksiz qadam uchun ishga
tushiradi. Dastur toʻxtamagunicha bu takrorlanish ham toʻxtamaydi.
130 Size tugmasini bosing va spraytni kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun
qiymatni oʻzgartiring.
3.1-mashg‘ulot
bloki bilan algoritmni boshlang.
Ushbu blokni
Events bo‘limidan topish mumkin.
Control bo‘limidan
ni blokini joylang.
10 qiymatni 5 ga oʻzgartiring. Bu kodni besh marta takrorlashni bildiradi.
Motion bo‘limidan
blokini takrorlash operatori ichiga
joylashtiring.
Kod quyidagicha boʻladi:
Dasturni ishga tushiring.
Sprayt oldinga besh marta 10 qadamdan yurishi kerak (jami 50 qadam). Bu
barchasi bitta harakat singari amalga oshadi, chunki sprayt buni juda tez
bajaradi.
3.2-mashg‘ulot
Quyidagi algoritmni bajaruvchi dastur yarating.
Uni ikki marta takrorlang:
1 100 qadam yurish.
2 90 daraja chapga burish.
Sprayt oʻlchamini
oʻzgartirish
mumkin.
Maslahat
131 5 Dasturlashni oʻrganish
3.3-mashg‘ulot
Repeat operatoridan oldin blok qoʻyish mumkin.
Quyidagi algoritmni bajaruvchi dastur yarating: