O`ZBEKISTONDA PSIXOLOGIYA
FANINING RIVOJLANISHI
Bajardi: Rahimov Azizbek
D astlabki pedagogik va psixologik fikr markazlari sifatida 1918-yili Toshkent va keyinchalik Chimkent shahrida tashkil qilingan, Pedagogik mo`zey va pedagogik laboratoriya universal o`quv tarbiya muassasasi bo`lib, ta‘lim tarbiya bilan bog`liq bo`lgan hamma vazifalarni qamrab oladi. Bu yordam ta‘lim metodlari ishlab chiqarilgan, shu yerning o`zida sinalgan va respublikaning boshqa ukuv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi tadbiq qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqida nizomda ancha bu joy pedagogik fikr va ishning markazi bo`lishi lozim. Shuning ychun bir tomondan pedagogik ishning har bir yangilik uqitishdagi laboratoriyada to`plangan boy tajribadan foydalanish imkoniyati berilish kerak, bu imkoniyat bevosita maktablarga berilish kerakdir. Boshqa laboratoriya va kabinetlar bilan bir qatorda pedagogik laboratoriya va pedagogik mo`zeyda eksperimental psixologik laboratoriyani ham mavjud bo`lib, bu yerda turli xil psixologik tajribalar amalga oshirilgan 1919 yili 1 aprelda Kavman Xorvat maorif komissariga xat yullab, davlatning ko`zi ojiz, gung, ruhiy kasal va psixologik taraqqayoti hamda psixikasi muvozanatsiz bolalarni o`z tarbiyasiga olishi zarur va umumligini ta‘kidlagan. Xuddi shu maqsadda butun bir maxsus muassasalar tizimini tashkil etishni taklif etishni. Xorvatning taklifi bir necha yo`nalish bo`yicha diqqatga sazovordir. Birinchidan, bu kompleks harakteridagi, ishi bo`lib, biron bir psixonevrologik kasallik nazardan chetda kolmagan Ikkinchidan, bu rejada qattiq ketma-ketlikdan bir necha bosqich nazarda tutilgan.
1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi);
2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy darajasi);
3. Kasallarni tarbiyalash va ta‘lim berish (amaliy ta‘lim darajasi).
Birinchi darajani
psixologik laboratoriya, ikkinchi darajani davolash maxsus muassasasi, uchinchi darajani maktablar amalga oshirish ko`zda tutilgan. Turkistondagi muassasalardan biri «o`zbek davlat ilmiy tadqiqot instituti», xozirgi Kori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1929 yili tashkil qilingan bo`lib, hozirgi kunga kadar bu institut uqitishning pedagogik kontseptsiyalari maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta‘lim-tarbiya nazariyasini yaratuvchi yagona markaz hisoblanadi. 30-yillar boshlarida institut tarkibida kuyidagi kabinetlar mavjud bulgan:
1. Sotsial gigiena.
2. Iktisod.
3. Pedaloga pedagogik.
4. Psixologik laboratoriya.
Institut tashkil bulgai vaktdan boshlab yerli xalq hususiyatlar va ijtimoiy muhitini chuqur tadqiq qilish bolalarning psixologik ijtimoiy-madaniy xususiyatini hisobga olgan holda darslarni yaratish bilan shug`ullandi. Institut faoliyatining asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat edi.
1. Ilmiy eskpeditsiyalar uyushtirish;
2.
Bolalar harakterini urganish;
3. Pedagogik kadrlar tayerlash.
Ushbu institutning faoliyati Bendrikov, Leventuert, Zavarova, Yusupov, Tokanaev, Debenzov,
Mirsharipov, Muxiddinov kabi olimlar-ning nomlari bilan chambarchas boglig`. 30 yillarda bu institutda jahon psixologiya faniga katta hissa qushgan olimlardan biri Aleksandr Romanovich Luriya ishlagan.
U o`z institut doirasida o`tkazgan tadqiqotlari asosida keyinchalik «Ob istoricheskom razvitie poznavatelnix protsessov» - «Bilish jarayonlarining tarixiy taraqqiyoti haqida» degan asarini nashr qildi. O`zbekistonda psixologiya fanining shakllanishiga katta hissa qo`shgan olimlardan yana biri P.Ivanov hisoblanadi, 1927 yil Samarqanddagi o`zbek pedagogika institutida (pedakademiya) eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilgan. 1940 yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi o`quv qullanmasini nashr qilgan. Keyinchalik 1934 yili Samarkand pedagogika institutining o`zbek davlat universitetiga aylantirishi munosabati bilan Ivanov o`z laboratoriyasi bilan Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Universitetiga ko`chib o`tadi. Pedagogika ukuv muassasalarida ilmiy pedagogik potentsialning yetishmasligi tufayli dastlabki psixologiya darslari ustida tarjimonlar yordamida olib borilgan keyinchalik bu tarjimonlariing o`zlari mustaqil ravishda psixologiyadan o`zbek tilida ma‘ro`zalar uqiy boshlashgan. Aliaskar Usmonov, Toxiriyxon Askarxujaev, Bayburova, Raxmatova va boshqalar bir bo`lib o`zbek tilida psixologiya o`qituvchilari bo`lishgan Ivanov (1891-1968 yillar) psixologiyadan 75 yildan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Uning 1927 yilda nashr qilingan «Umumiy pedagogika» bo`yicha qisqa ocherk, «maktabshunoslik» tarbiyaning umumiy metoddari 40-yillar va 54-yillarda «Umumiy psixologiya», 62-yilda -«Ta‘limning psixologik asoslari» kabi asarlari O`zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda katta hissa qo`shdi. Sh.A. Boyburova, Usmonov kabidar bevosita uning rahbarligida faoliyat ko`rsatishdi. 1959 yil uning rahbarligida Davletshin, Bekboev, Mo`zaffarov, I.P. Ivanovlar nomzodlik disertatsiyalarni himoya qilishdi.