2) oksidlangan – tarkibida metall turli kislorodsaqlovchi birikmalar
ko‘rinishida bo‘ladi: oksidlar, karbonatlar, gidroksidlar va h. (masalan, alyuminiy
rudalari, oksidlangan nikel rudalari va h.)
3) tug‘ma – tarkibida metall erkin (metallik) holda bo‘ladi. Tabiatda tug‘ma
holatda oltin, kumush, mis, platina, vismut va simob uchraydi.
4) aralash – tarkibida metallar sulfidli, oksidlangan va ayrim hollarda tug‘ma
holatda bo‘ladi (masalan mis rudalari)
5) xloridli – tarkibida metallar xlorvodorodkislotasi ko‘rinishda bo‘ladi. Bu
turdagi rudalarda magniy va bir qator engil va noyob metallar ajratib olinadi.
Ruda xomashyosidan tashqari ko‘p metallarni (alyuminiy, rux, qo‘rg‘oshin,
nodir metallar) ishlab chiqarish uchun ikkilamchi xomashyodan foydalaniladi.
Ikkilamchi xomashyoga metallarga ishlov berish sanoatining chiqindilari,
brak va ish muddati tugagan metallik detallar va buyumlar, turli ko‘rinishdagi
metallik lom va h. kiradi.
Xozirgi kunda ikkilachi xomashyodan ko‘p miqdorda alyuminiy va asosiy
og‘ir rangli metallar ishlab chiqariladi. Masalan, umumiy ishlab chiqarish
xajmidan ikkilamchi xomashyodan 20 – 25% alyuminiy, 30 – 40% mis, 35 – 50%
qo‘rg‘oshin, 25 – 30% rux va 20 – 25% qalash ishlab chiqariladi.
Metallurgik qayta ishlash jarayoniga ikkilamchi xomashyolarni jalb
qilinishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, metallarni sodda va arzon
metallurgik usullar bilan olish imkonini beradi.